U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Iqtisodiy muvozanatning mohiyati va ta’minlash shart-



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
2. Iqtisodiy muvozanatning mohiyati va ta’minlash shart- 
sharoitlari 
Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o‘rtasida ma’lum 
muvozanat bo‘lishini taqozo qiladi. 
Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir 
necha tomonining bir–biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham 
butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng avvalo yalpi 
talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi. 
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni 
ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o‘z ichiga xususiy va umumiy 
tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. 
Xususiy muvozanat — bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Xususiy 
muvozanat ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar 
taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga talab va 
taklif o‘rtasidagi muvozanat ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


190 
Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish 
hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi.
Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor 
sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‘rinadi. Bu 
nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga 
hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq 
kelishidir. 
1-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi.
 
Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.
Birinchidan
, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos 
kelishidir. 
Ikkinchidan

iqtisodiy 
muvozanat 
mamlakatdagi 
barcha 
iqtisodiy 
resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmini taqozo qiladi. 
Uchinchidan
, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi 
iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
To‘rtinchidan
, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo‘lib 
bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va 
hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi. 
Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu mamlakat butun 
iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning 
Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy
tuzilishi 
Ko’rinishi bo’yicha 
Makroiqtisodiy 
Mikroiqtisodiy 
Xususiy 
Ta’minlanish 
muddatlari bo’yicha 
O’rta muddatli 
Qisqa muddatli 
Bir lahzalik 
Tarkibiy tuzilishi 
Iqtisodiy mutanosiblik 
Iqtisodiy nisbatlar 
Uzoq muddatli 


191 
me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari 
hamda barcha bozordagi o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar 
tizimini o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin