190
Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish
hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi.
Umumiy
iqtisodiy muvozanat bozor
sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‘rinadi. Bu
nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga
hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy
talab va taklifning muvofiq
kelishidir.
1-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi.
Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.
Birinchidan
, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos
kelishidir.
Ikkinchidan
,
iqtisodiy
muvozanat
mamlakatdagi
barcha
iqtisodiy
resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan
, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi
iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
To‘rtinchidan
, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo‘lib
bozor
muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va
hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat –
bu mamlakat butun
iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning
Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy
tuzilishi
Ko’rinishi bo’yicha
Makroiqtisodiy
Mikroiqtisodiy
Xususiy
Ta’minlanish
muddatlari bo’yicha
O’rta muddatli
Qisqa muddatli
Bir lahzalik
Tarkibiy tuzilishi
Iqtisodiy mutanosiblik
Iqtisodiy nisbatlar
Uzoq muddatli
191
me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari
hamda barcha bozordagi o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar
tizimini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: