U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

3. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari 
 
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq 
usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 
2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. 
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash
uchun ishlab chiqarish 
umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), 
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof
 
investitsiya sarflarining 
umumiy summasi (C+I
n
) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof 
investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini 
ifodalashda YAIM o‘rniga SMMning qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy 
muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi 
sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X
n
) e’tiborga olinmaydi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, 
u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni 
ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida 
ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar 
umumiy miqdoriga (C+I
n
) teng bo‘ladi (2-chizma). 
Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi 
tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45

burchak ostida 
o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to‘g‘ri chiziqning har 
qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng 
miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib,
daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi. 
YAlpi sarflar (C+I
n
) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (C) turli 
hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (I
n
) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda 
tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi 


192 
daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar 
chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan I
n
miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Yalpi xarajatlar,
C+I
n

(C+I
n
=SMM) 
C+I
n

E
Retsession 

(C+I
n
)
E
farq
Inflyasion 
farq 
I
n
45

SMM
E
Real ishlab chiqarish hajmi, SMM 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin