194
Keynscha nazariya esa
klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o‘zgacha kechishi ta’kidlanadi. Chunki,
rivojlangan mamlakatlarda jamg‘armaga bo‘lgan intilish investitsiyalashga bo‘lgan
intilishdan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
birinchidan,
yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilmalarning
muqobil
imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o‘sishi bilan uning
amal qilishining keyingi qo‘shilgan
samaradorligi pasayib boradi;
ikkinchidan,
rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o‘sishi bilan
jamg‘armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma
hajmi investitsiya
sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari
muvaffaqiyatsizlikka duchor
bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi
orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar
nazariy jihatdan
avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom
investitsiyalar milliy
daromad hajmi va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmasa, hosilaviy investitsiyalar
milliy daromadning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Aynan avtonom
investitsiyalarga qo‘shimcha ravishda o‘sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar
iqtisodiy o‘sishni
kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida
Dostları ilə paylaş: