Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi. %.
100
soni kuchi Ishchi soni Ishsizlar darajasi Ishsizlik Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini
ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori
darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan
taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha
uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab
chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining
orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YAIMning potensial YAIMdan
kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
YAIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va
YAIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi.
Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YAIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi .
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib
ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past
bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha
smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan o‘rnatilgan normativdan yuqori
darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindosh ishlarda band
bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.