211
Siklik ishsizlik
– iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u
ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida
vujudga keladi.
Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan
talabning qisqarishiga
duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida
ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi
ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi.
Ishsizlikning bu turi
majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi.
Institutsional ishsizlik
ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi
kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli
darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida
paydo bo‘ladi.
Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
Texnologik ishsizlik
ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning
kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani
qo‘llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik
muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy,
milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida
ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
YAshirin ishsizlik
uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band
bo‘lmaslik xos.
Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining
pasayishi korxonalardagi
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z
ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning
ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda
ishlamaydilar. Buning natijasida
mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy
natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. YAshirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka
intilish natijasida ham
paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: