220
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada,
davlat sarflari
miqyosining o‘sishi o‘z navbatida soliqlarning o‘sishini taqozo qiladi va uning
darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos
ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o‘sishi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash
xarajatlari hajmining
o‘sishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy
tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda soliq
undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona
umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari
uchun soliq me’yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to‘lovi bo‘yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy
nazorat.
Dostları ilə paylaş: