221
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D)
nisbatining foizdagi
ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi:
%.
100
`
D
R
R
2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili
– soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi
va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq
solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
3. Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan
foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq
to‘lashi zarur.
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida
belgilangan tartib va
sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari
keng tarqalgan:
- ob’ektlarning soliq olinmaydigan
eng kam darajasini belgilash;
- soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush
fahriylarini) ozod qilish;
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
- soliq olinadigan
summadan chegirish;
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum
miqdorga kamaytirish).
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib,
soliqlar odatda
progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib
boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.
1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi
Dostları ilə paylaş: