U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Iqtisodiy resurslar
deganda 
jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni 
vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni 


29 
iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin 
bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi.
Tabiiy resurslar (er, 
suv, o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, 
stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor 
tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. 
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab 
chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish 
vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi. 
Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol 
buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va 
xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko‘zga ko‘ringan davlat 
arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar 
cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o‘z 
imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning 
hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo‘lgan sohalarini 
tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda 
ularga jalb qiladi. Masalan, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda 
respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz 
kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur bo‘ldi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta 
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, 
investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga 
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda 
boshqa 
sohalarga ajratiladigan mablag‘larni ob’ektiv ravishda nisbatan 
kamaytirishga to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim 
yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu 
imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va 
texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, 


30 
uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va 
texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini 
oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini 
bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar 
manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, yerning chuqur 
qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va 
chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va 
h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi 
o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin