U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

1-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi 
bog‘liqlik. 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi 
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi. 
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur 
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb 
qilish. 
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish. 
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga 
jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga 
ega bo‘lishni taqozo qiladi. 
 
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy mazmuni 
 
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga 
Iqtisodiy resurslar, 
imkoniyatlar 
Ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatish darajasi 
Ehtiyojlarning 
qondirilish darajasi


31 
muvofiq faoliyatidir.
Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar 
ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. 
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir 
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining 
iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat
 
faoliyatidan 
iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning 
kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum munosabatda 
bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladigan bu munosabatlarning shakllari va 
xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil 
etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan 
holda kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning 
birdan-bir yo‘lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning 
ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko‘pgina iqtisodchi olimlar 
tomonidan ko‘rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir 
deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali 
mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga 
bog‘liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo‘lmaganda kishi 
bilan tabiat o‘rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo‘lmas edi. 
Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat 
moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan 
mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasida 
moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib 
boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va 
ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish
 
jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish 
uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi 
iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda 
almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. 


32 
Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, 
hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo‘lib, umuminsoniy 
kategoriyadir (tushunchadir). 
Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro‘zg‘or ishiga to‘g‘ri 
kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uy-
ro‘zg‘or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish 
vaqtiga qaraganda ko‘proq ekan. Buning ustiga uy-ro‘zg‘or ishlari talaygina 
quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o‘xshash boshqa misollar maishiy 
xizmatlar ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro‘zg‘or ishlarini 
mexanizatsiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – uskunalarni ko‘plab 
ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko‘p bo‘lsa shunga binoan 
ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o‘rganish 
oson bo‘lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin