U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi. 
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar 
o‘rtasidagi taqsimoti o‘ta darajada notekis bormoqda. XX asrda er shari aholisining 
eng boy chorak qismi YAIMning o‘rtacha jon boshiga 6 baravar o‘sishiga erishgan 
bo‘lsa, eng kambag‘al chorak qismi esa bu ko‘rsatkichning 3 baravar o‘sishiga 
erishgan xolos.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 
hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga etadi, ularning 
deyarli yarmi ochlik va to‘yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib 
chiquvchi turli kasalliklar natijasida o‘limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq 
kishilar etarli darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. 
Shuningdek, “yashirin ochlik” – sifatli va to‘liq ovqatlanmaslik ham keng 
tarqalgan. 
Shunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko‘paytirish imkonini berib, u 
nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin bo‘lgan barcha aholining oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. 
Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo‘jalik faoliyatining tabiatga 
ta’siri u qadar ahamiyatli bo‘lmay, tabiat o‘zining ekologik muvozanatini qayta 
tiklashga qodir bo‘lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan 


271 
ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o‘zini-o‘zi qayta tiklash 
qobiliyatini yo‘qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 200 yil ichida er 
yuzidagi 900 minga yaqin turdagi o‘simlik va hayvonlar qirilib ketgan. 
Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zahiralari tugab bormoqda
o‘rmon materiallari resurslari va xom ashyoning boshqa turlari qayta tiklanib 
ulgurmayapti. Er yuzidagi iqlimning o‘zgarishi, azon qatlamining siyraklashuvi
boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish uchun 
tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun 
yirik kapital qo‘yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish 
uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim 
bo‘ladi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin