U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Xizmatlar 
eksporti
tovarlar 
eksportidan 
farq 
qiladi. 
Chet 
ellik 
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u 
milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga 
pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati 
ko‘rsatish va h.k.). 
Kapital eksport qilish
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital 
eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli qo‘yilmalar 
kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi 
mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan 
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning 
mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning 
keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki 
dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi. 


288 
Ko‘plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega 
bo‘lib, o‘zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlarni yetarli 
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo‘lmaydi. Bunday mamlakatlar 
uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo‘li hisoblanadi. 
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) 
sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi.
Bunda mamlakat ichida ishlab 
chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlaridan yuqori 
bo‘lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda 
mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z 
ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida 
ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida 
olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin