U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi 
naflilikka aytiladi. 
Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum 
mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur. SHunga ko‘ra, 
tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z iste’moli uchun emas, balki 
boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan 
mahsulotdir. 
Tovarning 
natural-buyum 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
tomonlari, 
xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi 
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg 
donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida 
ularning almashuv qiymati ifodalanadi.


49 
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
11
fikriga ko‘ra, tovarlar 
qiymatining umumiy asosi bo‘lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum 
miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og‘irligi, hajmi, shakli va shu 
kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo‘la olmaydi. 
Ayirboshlashning zarur sharti bo‘lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. 
Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy 
o‘lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo‘lgan 
umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman 
inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va 
hokazolari sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning 
qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun 
almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli 
bo‘lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan 
qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida 
ajratilib ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va 
uni sotish (ko‘pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) 
qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab 
chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda 
boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich – 
almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy 
nisbatdir».
12
Tovarning o‘zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy 
birligidan iboratdir.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan 
yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish 
fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab 
chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib, miqdor jihatidan undan kamdir). 
11
Tovar qiymatini mehnat bilan aniqlashga yondoshuvlarida ma’lum farqlar mavjud bo‘lsada ularga A.Smit, 
D.Rikardo, U.Petti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin 
12
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, с.129. 


50 
Tovar qiymatining miqdori 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin