U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri 
bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda 
o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. 
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori 
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. SHunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u 
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik 
Engel qonuni
deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini 
Engel egri chizig‘i
orqali ifodalash mumkin 
(4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan 
ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu 
turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri 
chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan 
iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli 
daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 1 mln. so‘mdan 
2 mln. so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 2 
mln. so‘mdan 3 mln. so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. 
Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi 


70 
sekinlamoqda: 3 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 4 
mln. so‘mdan 5 mln. so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan 
yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan 
(daromadning 6 mln. so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi 
sotib olinmoqda). 
Daromad, mln. so‘m 
 
10
 

8


5
4



0 1 2 3 4 5 6 7 8
Tovar miqdori, dona 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin