demping narxlarni qo‘llash dir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bo‘lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish
mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda
o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish,
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat
qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat
tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda
yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y
berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning
sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan
foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat
ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin
turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari
113
mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan
qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda,