3.
Talabalarni dala ishlarini olib borishdagi xavfsizlik qoidalari,
y'ani suzish, qayiqni boshqarish, suvga cho‘kayotgan kishini qut-
qarish, birinchi yordam ni ko‘rsatishni o‘rgatish.
Talabalarga bu
qoidalarni o‘rgatishni m untazam olib borishda, quruq gapga emas,
balki bevosita m isollar bilan namoyish etish yaxshi natijalar beradi.
Gidrom etrik ishlarni olib borishdagi texnika xavfsizligi qoidalari
bilan tanish bo‘lgan talaba, ishonch bilan
dala ishlarini bajaradi va
yaxshi natijalarga erishadi.
Talabalar o‘quv amaliyoti davrida quyidagi qoidalarga rioya
qilishlari lozim:
1
.
0
‘quv amaliyoti rahbarining ruxsatisiz m ashg‘ulot joyidan
uzoqqa ketmaslik;
2. Gidrom etrik ishlarni bajarayotganda bir-biri bilan hazillashib,
o‘ynashmaslik;
3. Gidrom etrik asboblardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish:
tugatgach ularni artib, moylab,
qutichalarga joylash;
4. 0 ‘quv amaliyoti rahbarining ruxsatisiz kanalda cho‘milmaslik.
5. Elektr jihozlari, asbob-uskunalar va m exanik uskunalardan
to‘g‘ri foydalanish, ular ishdan chiqarilgan
taqdirda butun brigada
a’zolari javobgarligini unutmaslik;
6
. O'quv amaliyoti paytida suvda cho‘kayotganlarni qutqarish,
yaralangan, sovuq urgan,
quyosh va issiqlik urilgan, lat yegan,
zaharlangan, biror hasharot chaqib olganda va yashin yoki elektr
bilan zararlangan talabalarga birinchi yordam ni qoidaga asosan
tartib bo‘yicha amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: