R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

6-bo‘lim.
Joriy majburiyatlar (6010-6990) 
7-bo‘lim.
Uzoq muddatli majburiyatlar (7010-7920) 
8-bo‘lim.
Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar(8010-8910) 
9-bo‘lim.
Daromadlar va xarajatlar (9010-9910) 
B a l a n s d a n t a s h q a r i s c h o t l a r 
D o i m
 i y s
 c
 h
 o t l a r
 
Tranzit 
schotlar 


171 
II qism. Joriy aktivlar 
II bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar 
 
Ushbu bo‘limning schotlari quyidagilarning mavjudligi va harakati 
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan:
a) mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan xomashyo 
zaxiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va 
butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va 
xo‘jalik jihozlari, boshqa materiallar;
b) tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish; 
d) tayyor mahsulotlar; 
e) korxonaning odatdagi faoliyati davomida sotish uchun 
mo‘ljallangan tovarlar. 
Tovar-moddiy zaxiralari hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi, 
holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va 
hokazolarga e’tibor qaratish lozim. Hisob ma’lumotlari mahsulot tannar-
xini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan 
tejamli foydalanish, xarajat me’yorlarini kamaytirish, ularni tegishli 
holatda saqlash va ularning butligini ta’minlash to‘g‘risidagi 
axborotlardan iborat bo‘lishi lozim. 
 
III bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar – 
joriy qismi 
 
Ushbu bo‘limga 3100 – «Kelgusi davr xarajatlarini hisobga 
oluvchi schotlar» va 3200 – «Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi 
schotlar» kiritilgan.
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar.
Ushbu schotlar ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo 
joriy qismi kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo‘lgan xarajatlar 
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar. 
Ushbu schotlar vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan 
daromad (foyda) solig‘i va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi 
bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin