R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
III qism. Majburiyatlar 
VI bo‘lim. Joriy majburiyatlar 
 
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaning yuridik va jismoniy 
shaxslar oldidagi joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umum-
lashtirish uchun mo‘ljallangan.
Chet el valutasidagi majburiyatlar ushbu bo‘limdagi schotlarda 
pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan, 
so‘mda hisobga olinadi. Buxgalteriya balansini tuzish vaqtida kreditorlik 
qarzlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 
qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (kurs farqidan ijobiy bo‘lganda) 
9540-«Valuta kurslari farqidan daromadlar» yoki (kurs farqi salbiy 
bo‘lganida) 9620-«Valutalar kursi farqidan zararlar» schotiga olib 
boriladi.
VII bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar 
 
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaning yuridik va jismoniy 
shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Korxonaning chet el valutasidagi majburiyatlari ushbu bo‘limdagi 
schotlarda pul hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda 
hisobga olinadi. Hisobot oyining oxirgi sanasida kreditorlik qarzlarini 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta baholash 
natijasidagi kurs farqlari (kurs farqidan ijobiy bo‘lganda) 9540-«Valuta 
kurslari farqidan daromadlar» yoki (kurs farqi salbiy bo‘lganida) 9620-
«Valutalar kursi farqidan zararlar» schotiga olib boriladi.
 


174 
IV qism. Xususiy kapital 
VIII bo‘lim. Kapital, foyda va zaxiralar 
 
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaning xususiy kapitali holati va 
harakati, shuningdek, qonunchilikka muvofiq va (yoki) ta’sis hujjat-
lariga muvofiq, tashkil etilgan rezervlar va fondlar to‘g‘risidagi 
axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Xususiy kapital korxonaning aktivlar va majburiyatlari o‘rtasidagi 
farqdir.
Xususiy kapital mulk egasi tomonidan amalga oshirilgan qo‘shim-
cha investitsiyalar, faoliyat natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki 
kamayishi mumkin.
Shu yerda ta’kidlash joizki, schotlar rejasi buxgalteriya hisobi 
schotlarining hisob obyektlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha bir tizimga 
keltirilgan ro‘yxati sifatida moliyaviy hisobotning asosiy shakllari: 
buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 
(2-shakl) bilan o‘zaro mos keladi.
Masalan, schotlar rejasining I qismi (1-bo‘lim) va II qismi (2, 3, 4, 
5-bo‘limlar) mos ravishda balans aktivining 1- «Uzoq muddatli aktivlar» 
va 2- «Joriy aktivlar» bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.
Schotlar rejasining III qismi (6, 7-bo‘limlar) va IV qismi (8-
bo‘lim) mos ravishda balans passivining 1- «O‘z mablag‘lari manbalari» 
va 2- «Majburiyatlar» bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.
Buni sodda shaklda quyidagicha ifoda etish mumkin (5.10-rasm). 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin