R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

aktivida
mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilishiga 
qarab; 
passivida
esa mablag‘larning tashkil topish manbalari: ularning 
kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab 
guruhlangan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. 
Balans aktivi va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham
passivida ham bir xil xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, 
lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo‘yicha, 
passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha 
aks ettiriladi. 
Aktiv va passivning o‘zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega 
bo‘lib, buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish va hisobot 
tuzishda foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga 
muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha 
baholanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zaxirada yoki 
konservatsiyada saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo‘yicha; 
xomashyolar, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘ilar, sotib olingan 
yarim tayyor mahsulotlar va yig‘ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot 
qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib 
keltirish sarflarini qo‘shgan holda); tayyor mahsulotlar, xo‘jalikning 
Korxona aktivlarini tarkibi, joylanishi, harakati va ularning 
vujudga kelish manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi 
o‘zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat 
ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli 
buxgalteriya 
balansi
 deyiladi. 


73 
o‘zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva mollari

chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot 
tashkilotlarida esa chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo‘yicha 
aks ettiriladi. 
Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi 
mablag‘lar, pul mablag‘lari, debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan 
mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag‘lar, passivda 
esa ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan 
foyda, budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor 
qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo‘yicha 
majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning 
tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy 
tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi. 
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin