Qadimgi turkiy til davri
.
Bu davrda turkiy urug„ va qabilalar xun (ham sharqiy
xun, ham g„arbiy xun) davlati tarkibiga kirar edi. VI asr o„rtalarida turklar kuchayib, yirik
bir qabila ittifoqiga birlashadi, qo„shni qabilalarni engib, 552 yilda o„zlarining mustaqil
davlatlarini – turk xoqonligini barpo qiladi. 555 yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar
Manjuriya va Enasoy qirg„oqlarigacha bo„lgan erlarni o„zlariga qaratib oladilar. Harbiy
va va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-
mor qiladi, Amudaryo va Orolgacha bo„lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa
Shimoliy Xitoydagi Chjou va Tsi davlatlarini bosib oladi. Xoqonlikning chegarasi
Amudaryodan Hindistongacha cho„zilar edi. Ammo qabilalar o„rtasidagi o„zaro urushlar
hamda Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi natijasida VI asrning 80-
yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk xoqonligi va G„arbiy turk xoqonligiga
bo„linib ketadi.
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o„z hokimiyatini o„rnatadi, VII asrning 2-
choragida Xitoyga qaram bo„lib qoladi. 681 yilda hoqon qutlug„ (Ilterin) va uning
maslahatchisi Tonyuk mustaqillikni qo„lga kiritadilar. Sharqiy turk hoqonligining keyingi
kuchaygan davri 682-745 yillarga to„g„ri keladi. Hoqon Qopog„on (691-716 yillar)
davrida turklar Samarqandgacha borib etadilar. Hoqon Bilga vafoti (734 yil)dan keyin
kuchaygan o„zaro urushlar natijasida Sharqiy turk hoqonligi parchalanib ketadi, 745 yilda
esa uyg„urlar tomonidan bosib olinadi.
Markazi Ettisuv bo„lgan G„arbiy turk hoqonligi esa mustaqil davlat sifatida VII
asrning 1-yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizgacha bo„lgan erlarda o„z
hukmronligini o„rnatadi. Qo„shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari rivojlanadi.
Samarqand, Buxoro, Choch (Toshkent), Marv, Chorjo„y kabi katta shaharlar obod
bo„ladi. Ammo Xitoy va shimoliy qo„shni davlatlarning hujumi, ichki o„zaro feodal
urushlar natijasida G„arbiy turk hoqonligi tugatiladi. Turklarning bir qismi Sharqiy
Turkistonda o„zlarining ittifoqini barpo qiladi, Ettisuv va uning atroflarini esa turgeshlar
qo„lga kiritadi. Keyinroq esa bu erlar Oltoydan ko„chib kelgan qarluqlar qo„liga o„tadi.
O„g„uzlar esa g„arbga tomon yurish qilib, VIII asrda Sirdaryoning quyi qismi havzasida,
Qoraqumgacha bo„lgan hududda o„z davlatlarini barpo qiladilar.
Turkiy tillar taraqqiyotining uchinchi bosqichiga, ya‟ni qadimgi turkiy davrdagi
turkiy urug„ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko„p yozma manbalar, tarixiy
yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk hoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug„lar va
ularning tillari O„rxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. O„rxun-Enasoy
yodgorliklarining ko„pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa,
sibirlik o„lkashunos N.M.Yadrinsev tomonidan 1889 yilda Mo„g„ulistonda O„rxun
daryosi bo„ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday
yodgorliklarning kattagina bir qismi Enasoy daryosining yuqori qismidan va
Qirg„izistondagi Talas vodiysidan, shuningdek, Baykal ko„li atroflari, Lena daryosi
sohillaridan ham topilgan.
O„rxun-Enasoy yodgorliklari, asosan, toshlarga o„yib bitilgan yozuvlardan, idish,
tangalar kabi buyumlarda va qog„ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo„lib, bir qancha
vaqtlar olimlar uchun o„qilishi jumboq bo„lib qoladi. Shunga ko„ra, u qadimgi skandinav-
german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) yozuvi nomi bilan ham
yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen
va rus turkshunosi V.V.Radlov o„qiydilar. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari
turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar. Shundan keyin ko„p yillar davomida
bu yozuvlarni tarjima qilish, til xususiyatlarini o„rganish va nashr etish sohasida katta
ishlar qilindi.
Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo„lib, turk xoqonligi davrida runiy
yozuvda bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turadi. Sug„diy yozuvi
asosida paydo bo„lgan qadimgi turkiy run yozuvi G„arbiy va Sharqiy turk hoqonligida
keng tarqalgan edi.
Eramizning 745 yilida turk hoqonligini bosib olgan uyg„urlar davlati, asosan, ilgari
Sharqiy turk hoqonligi tarkibiga kirgan qabilalarni birlashtirar edi. G„arbiy turklarning
ajralib ketishi uyg„urlar davlatini kuchsizlantiradi. Buning natijasida 840 yilda uyg„ur
davlati qirg„izlar tomonidan bosib olinadi. Qirg„izlar hukmronligi X asrgacha davom
etadi. Ammo o„zining birligini, ittifoqini yo„qotgan ko„pgina uyg„ur qabilalari qirg„izlar
hujumidan keyin g„arbga yo„l olib, o„z mustaqil davlatini tuzadi, bir qismi esa qarluqlar
tomoniga ketadi.
Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi, vorisi bo„lgan
uyg„urlar juda katta meros – o„sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar
qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi – xronologik jihatdan ikki davrga
bo„linadi.
Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo„lib, ular o„rxun yozuvi
obidalari bilan umumiylikka ega bo„lgan bitiktoshlardan iborat. Bular ichida eng
mashhuri turk xonlari Kultigin va To„nyuquq sha‟niga qo„yilgan qabr toshlariga
yozilgan yodgorliqdir. Bu toshlar O„rxun (Mo„guliston) va Enisey daryolari
bo„ylaridan topilganligi sababli fanda «o„rxun-enisey yozuvlari» deb nomlanadi.
Shuningdek, bu yozuv run nomi bilan ham ataladi. «Run» so„zi skandinaviya xalqlari
tilida «sirli, tilsim» ma‟nolarida qo„llangan. Sibirda surgunda bo„lgan shved ofitseri
F.T.Tabbert-Stralenberg 1730 yilda o„rxun-enisey yozuvining bir nechalarini topib,
hali tarixda noma‟lum bo„lgan va hech kimsaga tushunarli bo„lmagan bu yozuvni
yuqoridagidek nomlagan edi.
Bu yozuvni dastlab V.Tomsen o„qidi. U 1893 yil 15 dekabrda Daniya fanlar
akademiyasi majlisida O„rxun daryosi bo„yidan topilgan yodgorliklarning sirini
topganligini ma‟lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini bildirdi.
1894 yil 19 yanvarida V.Radlov «Kultegin» sharafiga qo„yilgan yodgorlikning
tarjimasini beradi. R.Melioranskiy 1899 yilda uning qayta tarjimasini beradi. O„rxun-
Enisey yodgorliklari o„z navbatida yana , uch tarmoqqa bo„linadi.
1.
Dostları ilə paylaş: |