SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 836
DARS TAHLILI PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHNING VOSITASI
SIFATIDA
M. G‘aybullaeva
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti magistri
ANNTOTATSIYA
Maqolada zamonaviy darsni tahlil qilish pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq darsni tahlil
qilish mezonlari keltirilgan hamda dars tahlili bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
zamonaviy darslar,
dars tahlili, dars tahlili mezonlari, o‘z-o‘zini
tahlil qilish, o‘qituvchi mahorati.
Kirish.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida tub islohotlar
amalga oshirishi bilan bir
qatorda o‘qituvchilardan doimiy ravishda o‘z kasbiy bilim, ko‘nikma
va malakalarini
oshirib borishlari hamda dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etilishlari talab
etiladi. Dars tahlili pedagogik mahoratni oshirishning eng asosiy yo‘li va ta’lim
samaradorligini oshirishning omili hisoblanadi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv
mashg‘ulotlari mazmunini tahlil qilish bevosita ta’lim tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil
etish, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini oshirishdan iboratdir.
Asosiy qism.
Dars tahlili – o‘quv jarayonini bir butun yaxlit holda yoki muayyan
bo‘laklarga bo‘lib
baholash
1
. Darsni tahlil qilish o‘qituvchidan darslarning tiplari va
tuzilishlari haqida har tomonlama bilimga ega bo‘lishni,
tahlil qilish, har doim ham
yuzaki bo‘lmagan narsalarni ochib berish uchun maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishni
talab qiladi. Tahlil darajasi har doim o'qituvchining kasbiy malakasini belgilaydi.
Passov E.I. "Darsni qanday tahlil qilayotganingizni ko'rsating,
men sizga qanday
o'qituvchi ekanligingizni aytaman" deb ta’kidlagani ham darsni tahlil qilish o‘qituvchi
oldida ko‘proq bilim va mahorat talab etilishini bildiradi.
Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish, chuqur tahlil qilish va o‘z-o‘zini tahlil etish,
hamkasblari tajribasini o‘rganish
va umumlashtirish, ularning amaliy faoliyatiga
qiziqarli va samarali ish metodikalarini joriy etish yuksak kompetentlikka ega bo‘lgan
o‘qituvchini shakllantiradi.
Dars tahlili o‘zaro uzviy bog‘langan quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
— o‘quv materialining mazmunini tahlil etish;
— o‘quvchining o‘qish, o‘zlashtirish faoliyatini tahlil etish;
— o‘qituvchining o‘qitish faoliyatini tahlil etish;
— o‘qituvchining o‘qitish faoliyatini o‘zi tomonidan tahlil qilinishi;
— ta’limning maqsad va vazifalarini tahlil etish;
1
Pedagogika. Ensiklopediya. 1-jild. A-Yo (mas'ul muharrir R.Safarova).pdf –Т.: 2015