Portland sementning
xossalariga
maydalanganlik darajasi, normal
quyuqligi, qotish davri, markasi va shu kabilar kiradi.
Maydalanganlik
darajasi quruq holatdagi sementning №008 elakdagi
qoldig‘i (15 foizgacha) hamda dispersligini aniqlash usuli bilan aniqlanadi.
Oddiy 400 markadagi sfementning dispersligi (solishtirma yuzasi) 2500
3000 sm2/g.
w
Zichligi.
Sement zichligi 3,05-3,15 g/sm3. To‘kilgan holatda 1100
kg/m3, zichlashtirilganda 1300 kg/m3. Mineral qo‘shimchalar
sement
zichligiga ta’sir etadi.
Suvga talabi.
Normal quyuqlikdagi sement xamirini olishga zarur
bo‘lgan suv miqdori bilan (massa bo‘yicha, foiz) belgilanadi.
Sement
xamirining normal quyuqligi Vika asbobining pestigi taglikka 5-7 mm
qolgan holatda belgilanadi. Sementning suvga talabi 22-28 foiz atrofida.
Gidravlik qo‘shimchalaming sement klinkeriga qo‘shilishi suvga boMgan
talabni 32-37 foizgacha oshiradi.
Quyuqlanish davri.
Oddiy sementlarda quyuqlanish 45
daqiqadan
keyin boshlanib, 10 soatgacha davom etadi. Sementning quyuqlanish davri
klinker maydalayotganda 3-5 foiz gips qo‘shib boshqariladi.
Hajmining bir tekisda o ‘zgarmasligi
erkin holdagi CaO va MgO
lar gidratatsiyasidan hosil boMadigan ichki zo‘riqish natijasidir.
Bu xossa
normal quyuqlikdagi sement xamirining 24 soatdan keyin 3 soat davomida
suvda qaynatilib, radial yoriqlarning hosil bo‘lmasligi bilan aniqlanadi.
Portland sem ent aktivligi va markasi
oMchamlari 4x4x16 sm.
sement-qum 1:3 nisbatdagi qorishmasidan (massa bo‘yicha), s/sm=0,4
bo‘lgan, 28 sutka davomida qotgan (birinchi sutka qolipda va27 sutka xona
haroratidagi suvda) namunalar sinab topiladi.
Namunalar avval egilishga,
so‘ng hosil boMgan yarimtalik prizmalar siqilishdagi mustahkamlikka
sinaladi. Sement aktivligi siqilishdagi mustahkamlik
chegarasiga barobar
kattalikdir. Sement markalari esa yaxlit kattalik boMib, 400. 500, 550, 600
(kgs/sm2).
Dostları ilə paylaş: