To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev



А.Е. ODILXO'JAYEV
|11П11ЦЯ«Я||


TO SH K ENT TE M IR Y O ‘L M U H A N D IS L A R IIN S T IT U T I
*
4
A .E. O D IL X O ‘JAYEV
QURILISH
MATERIALLARI
5340200 - «Bino va inshootlar qurilishi» (tem iryo ‘liar),
5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (tem iryo

binolari),
5340400
-
«Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
ftem iryo

transportida suv ta ’minoti va kanalizatsiya tizimlari).»
5340600 - «Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi
(tem iryo ‘liar).» t a ’lim y o ‘nalishlari uchun
о ‘quv qo ‘llanma
0 ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
« 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi»
nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent - 2020


UO‘K: 691(075.8)
КВК: 38.3уа73 
А31
Adilxodjayev, 
A.I.
Qurilish material lari [Matn]: o‘quv qo‘Ilanma/A.I. Adilxodjayev. -Toshkent: 
« 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2020. -
256 b.
UO‘K: 691(075.8) 
KBK: 38.3ya73
M a ’sul muharrir:
texnikafanlari doktori, professor
Odilxo‘jayev A.E.
Taqrizchilar:
Maxamataliyev 
I.M. 
— «Bino va sanoat inshootlari qurilishi» 
kafedrasi professori, t.f.d. ToshTYMI.
Narov R.A. - «Qurilish jarayonlari va texnologiyasi» 
kafedrasi professori, t.f.n. TAQI.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ilg‘or xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan 
holda bino va inshootlar qurilishida keng qo‘llaniladigan qurilish materiallari
- mineral va polimer bog‘lovchilar, ular asosida tayyorlanadigan betonlar, 
qorishmalar, kompozitsion materiallar hamda tabiiy tosh materiallari, yog‘ochlar, 
metall buyumlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, 
binolar qurilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi energiya samarali issiqlik 
izolyatsiyalovchi materiallar haqida tahliliy raa’ lumotlar yoritilgan.
Ushbu o‘quv qo'llanma qurilish sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ushbu soha muhandis-texnik 
xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qurilish sohasi 
ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qoMlanma sifatida tavsiya etilgan.
О ‘quv qo ‘llanma О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim va-
zirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug 'iga asosan nashr etishga rux-
sat berilgan.
ISBN 978-9943-6713-3-1 
© « 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi»
nashriyot matbaa birlashmasi, 2020.


KIRISH
»
0 ‘zbekiston Resnublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning 
qabul qilinishi ta’lim tftimini qayta isloh etishni taqozo etadi. Shuningdek, 
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni 
yetkazib berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish 
industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va 
konstruksiyalami ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish 
mumkin.
«Qurilish materiallari» kursi quruvchi-muhandislami tayyorlash o‘quv 
rejasida arxitektura, qurilish konstruksiyalari, metall konstruksiyalari, 
qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish 
texnologiyasi, qurilishni tashkil etish va qurilish iqtisodiyoti fanlari uchun 
bazaviy hisoblanadi.
Matn qurilish sohasidagi ilmiy-texnik progresning asosiy yo‘nalishlari- 
ni hisobga olgan holda bayon qilingan. Atrof-muhitni muhofazalash, 
yoqilg‘i-energetik resurslami tejash va ikkilamchi mahsulotlami qo‘llash 
kabi qo‘yilgan vazifalarga mos ravishda sanoat chiqindilarining qo‘llanili- 
shi, shuningdek, qurilish materiallrini ishlab chiqarishda moddiy va mehnat 
resurslarini tejash, yoqilg‘i va energiya xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha 
chora-tadbirlar keng yoritilgan.
0 ‘quv qo‘llanma, bo‘lajak mutaxassis an’anaviy va yangi qurilish 
materiallarini juda keng nomenklaturasining qo ‘llanilish sohasidagi 
murakkab vazifalarni mustaqil yechishi uchun uslubiy jihatdan qulay 
tuzilgan. Shuning uchun undagi materiallaming yoritilishi, material ichki 
tuzilishining va uni xossalarining umumiy bog‘liqligi bayon qilingan.
Qurilish materiallarining sifati doim uning tuzilmasi bilan aniqlanadi. 
Shuning uchun, m aterialni oldindan berilgan xossalari bilan olish 
uchun, uning oldindan berilgan texnik xarakteristikasiga javob beruvchi 
tuzilmasini yaratish lozim. Bunday uslubiy asosda turli xil noorganik va 
organik qurilish materiallarini o‘rganish birlashtirilgan.
Qurilish materialshunosligi o ‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va 
juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat 
tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab 
chiqarish tarixi 5 - 6 ming yilga teng.
В ino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi 
bilan bogiangan. Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Rim Kolizeyi


bunga yaqqol misol bo‘ladi. Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, 
ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi 
bir necha ming yil avval yaratilgan. Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak, 
shoh saroylari, madrasava masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy 
toshlardan, pishiq g ‘ishtdan bo‘lgan qorishmalar asosida terilib, barpo 
etilganini ko‘ramiz. Qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida 
eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, 
qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut va tol kabilar ishlatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida betonlar 
alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida 
ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining 
asosiy vazifasi hisoblanadi.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, 
tannarxi arzon, mustahkam, umrboqiy, mahalliy xomashyo zaminida ishlab 
chiqarilgan ekologik buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va 
ishlatish sohalarini belgilash kiradi. 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 
energiyaning 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan 
binolaming energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda 
pamik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha 0 ‘zR 
«Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, BMT ning rivojlantirish Dasturi va 
Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi 
muammolari sohasida ustuvor dasturlami bajarmoqda.
Ushbu muammoning asosiy yechimi issiqlik izolyatsiyasi materiallarini 
takomillashtirish, issiqlik-fizik xossalarini keskin yaxshilash, yangi turlarini 
ishlab chiqarishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya 
sarflash ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilaming 
talabalik davridan e ’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga 
yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi.
Qurilish materiallari va buyumlariga qo‘yiladigan talablar davlat 
standartlarida (Dst), texnik shartlarda (Tsh), va boshqa me’yoriy hujjatlarda 
qayd etilgan. Standartlarda qurilish materiali haqidagi asosiy ma’lumotlar 
keltiriladi.
Qurilish m e’yor va qoidalari (QMQ) quruvchilar uchun rasmiy 
hujjat hisoblanadi, unda unda asosiy qurilish materiallarining turlari 
va o ‘lchamlari, sifatiga qo ‘yiladigan talablar, qurilayotgan bino yoki 
inshootdan foydalanish sharoitlariga qarab materiallar tanlash va ishlatish 
bo‘yicha ko‘satmalar beriladi.
4



Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin