muhitida ishlatiladigan oddiy og ‘ir beton sovuqqa chidamliligi F 50; F
100; F 200, gidrotexnik inshootlarda F 500 siklgacha, tashqi devorbop
g'ishtlar, bloklar, yengil betonlar F 15; F 25; F 35 siklga teng bo‘ladi.
Materiallaming sovuqqa chidamliligi sovutish kameralarida sinaladi.
Materialning sovuqcft chidamliligi impulsli ultratovush usulida tez va
oson (namunalami biSieiasdan) aniqlanadi. Ayrim hollarda materialning
sovuqqa chidamliligi tezkor (kimyoviy) usul bilan ham aniqlanadi.
Atmosfera ta ’siriga chidamlilik
deb materialni 25 va undan ko‘p marta
namlanib quritilganda, uning shakli va mustahkamligining o ‘zgarishiga
aytiladi. Tashqi muhitda yog‘ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli
gazlar va shu kabilar ta’sirida materiallar asta-sekin buzila boshlaydi. Ay-
niqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar ^arkibidagi namni bugianti-
rib, uning kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi.
Ularning tashqi om illar ta ’siriga chidam liligini issiq-sovuqqa
bardoshliligi orqali ifodalash maqsadga muvofiq. Bu om illar ta ’siri
laboratoriya sharoitida «sun’iy iqlim kameralarida» aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: