Materiallaming zarbga bo‘lgan
mustahkamligi ayniqsa, seysmik aktivlik
yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo sharoitida katta ahamiyatga egadir.
Qattiqlik.
Materiallarga o‘zidan qattiq jism botirilganda qarshilik
ko‘rsatish xususiyati uning qattiqligi deyiladi.
Materiallaming qattiqligi
turli usullar bilan aniqlanadi va o‘lchov birligi ham turlichadir (1.4-jadval).
1.4-jadval
Materiallar
Kimyoviy tarkibi
Qattiqlik ko‘rsatkichi
Talk
3M g 04S i0 ,H ,0
1
Gips
C a S O ^ H .O
2
Kalsit
CaCO,
3
Eruvchan shpat
CaF, (flyuorit)
4
Apatit
Ca,(POJ,F
5
Ortoklaz
K,0-Al,0,-6Si0,
6
Kvars
SiO,
7
Topaz
Al,|Si0j(F0H),
8
Korund
A 1,0
9
Olm os
С
10
Ishqalanish gaqarshilik.
Pol, zinapoya, yo‘l singari ishqalanish
kuchi ta’sirida bo‘lgan joylarda ishlatiladigan
materiallar ishqalanishga
sinab ko‘riladi. Buning uchun kubli tayok idiametri 25 mm. gating bo‘lgan
silindr kabi namunalar tayyorlanadi.
M ateriallarni yedirilish doirasida 1000 m arta aylantirilganda,
namunaning 1 m2 yuzasidan
(F)
y o ‘qotilgan
massaga ishqalanishga
qarchiligi
(I)
deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
1= (m- mJ/ F
kg/m2,
bunda: w ; va m2 ishqalanishdan oldingi va keyingi massalari.
1.5.2. Deformativlik
Elastiklik
- kuch olingandan keyin materialning avvalgi shakli va
o ‘lchamlarini tiklash xususiyatidir.
Material tashqi kuch ta’sirida qoldiq deformatsiyaning eng avvalgi
nuqtasi
elastiklik chegarasi
deyiladi. Elastiklik chegarasida nisbiy uzayish
16
kuchlanishga to‘g ‘ri proporsional bo‘lgani uchun
kuch olingach, material
aw algi shakli va o‘lchamlarini qoldiq deformatsiyasiz tiklay oladi.
E lastiklik'm oduli £(Yung moduli) Guk qonuniga binoan ichki
zo‘riqishning (a) nisbiy uzayish yoki qisqarishga (e) nisbatidir:
h
E =a/£,
MPa.
Siqilish (cho‘zilish)dan hosil bo‘lgan ichki zo‘riqish о
=P/F
formula
yordamida topiladi. Bunda,
P -
ta’sir
etayotgan kuch;
F -
ko‘ndalang
kesim yuzasi.
Shisha elastik m o‘rt deformatsiyalanadi va elastiklik chegarasida
sinadi. PoMat, kristall tuzilishli polimerlar yuqori kuchlanishlarda ham
elastiklik xususiyatini yo‘qotmaydi va plastik zonada sinadi.
Beton, qorishma va shu kabi kompozitsion materiallarga mustahkam
lik chegarasining 20 foizga qadar kuch qo‘yilganda chiziqsiz bog‘lanishli
elastik deformatsiyalanish yuz beradi.
Kauchuk, rezina va shu kabi elastomerlarda elastik deformatsiya 100
foizdan ham katta bo‘shishi mumkin. Materialda kuch ta’sirida bo‘ylama
va ko‘ndalang
deformatsiyalar hosil bolib, ularning nisbati Puasson
koeffltsiyenti (M) bilan ifodalanadi. Puasson koeffltsiyenti beton uchun
0,17-0,2; polietilen uchun 0,4 ni tashkil qiladi.
Plastiklik
- materialning tashqi kuch ta’sirida shakli va o ‘lchamlarini
buzilmasdan o ‘zgartirishi va kuch olingach aw a lg i holatini to‘la tiklay
Dostları ilə paylaş: