immunologiya ni asosini
tashkil qiladi.
14.3. Siklik (halqasimon) va superspiral DNK molekulalari Ko‗p hollarda DNK Uotson-Krikning ―qo‗sh spirali‖ shaklida uchraydi.
Uning asosiy xususiyatlari quyidagicha tavsiflanadi. Ikki polideoksiribonukleotid
zanjiri bir-biri bilan vodorod bog‗lari yordamida bog‗lanib, o‗zining umumiy o‗qi
atrofida o‗ng tomonga qarab buralish yo‗li bilan spiral hosil qiladi. Zanjirning
qo‗sh spirali antiparallel va bir-biriga nisbatan komplimentar bo‗ladi, ya‘ni
vodorod bog‗lanishlari (ko‗ndalang) hosil bo‗lib, bu bog‗lanishlar har doim S va G
yoki A va T asoslari orasida bo‗ladi. Ko‗p holatlarda tabiiy DNK lar, ya‘ni
plazmida, mitoxondriya va xloroplastlar DNK lari, shuningdek, ko‗plab viruslar va
bakteriyalarning DNK lari Uotson-Krikning ―qo‗sh zanjirli‖ shaklida mavjud
bo‗ladi. Bunday DNK lar, odatda, superspiral holatda buralgan bo‗ladi. Bu holatda,
qo‗sh spiral o‗z-o‗zidan aylanma hosil qilib buraladi, bunda hosil bo‗lgan super
spiralning buralish soni tashqi sharoitga bog‗liq tarzda yuz beradi. Siklik DNK
ning superspirallanishi molekulaning fizik xususiyatlarini kuchli o‗zgarishlarga
olib keladi (29-rasm).
29-rasm. DNK-giraza ta‘sirida qo‗sh zanjirli superspiralizatsiyalanishi: a) ajralgan holdagi shakli; b) superspiralizatsiyalangan holdagi shakli. Hujayralarda superspirallanish maxsus fermentlar tomonidan amalga
oshiriladi, ular esa bakteriyalarda yaxshi o‗rganilgan va
DNK-giraza 1 yoki
265
topoizomeraza 11 deb yuritiladi. Boshqa fermentlar
topoizomeraza 1 lar
halqali
molekulalarda
aylanma halqa sonini kamaytirib, har xil aylanma soniga ega
bo‗lgan ―izomerlar‖ to‗plamini hosil qiladi.