Improving the creative potential of the preschool education teacher



Yüklə 423,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.09.2023
ölçüsü423,58 Kb.
#148566
1   2   3
5787-Article Text-14549-1-10-20220520

Key words:
teacher, creative potential, creativity, innovation, educational 
process, learning, cooperation. 
Hozirgi kunda jamiyatimizning Maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga
qo’yayotgan talablari kundan-kun ortib bormoqda va bu talablarga to’g’ri 
yondashgan holda ularni amaliy faoliyatda bajarish tarbiyachining vazifasidir. 
Bugungi kunda respublikamizda Maktabgacha ta’lim sohasiga juda katta e’tibor 
berilmoqda. Xususan, prizidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va 
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini 
shakillantirish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim 
tashkilotining yangi shakillarini joriy etish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash 
maqsadida 30.09.2017-yil PQ-3305 sonli ” O’zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha Ta’lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish” to’g’risidagi
1
qarori 
imzolandi. Bundan tashqari prizidentimizning 05.04.2018-yildagi PQ-3651 sonli 
“Maktabgacha ta’lim tizmini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari” to’g’risidagi qarori
2
ham buning yaqqol dalilidir. Biz bilamizki 
pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat 
tomonidan tarbiyachi shaxsiga qo’yilayotgan talablar o’z davrida sharq 
mutafakkirlari asarlarida o’z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar pedagoglarning ma’naviy-axloqiy jihatdan 
yetuk bo’lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida, 
pedagog bolalarga ta’lim berishdek ma’sulyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar 
ekan, ularga faoliyatda muvoffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quydagi 
1
Sh.M.Mirziyoyev. “ O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish” to’g’risidagi 
PQ-3305 son qarori. 30.09.2017-y, 1-bet. 
2
Sh.M.Mirziyoyev. “ Maktabgacha ta’lim tizmini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida” gi PQ-3651 son qarori. 05.04.2018-y, 2-bet. 


tavsiyalarni beradi: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lishi, ta’limda turli 
metod va shakillardan foydalanishi, mashg’ulotga bolalarni qiziqtira olishi, 
yangiliklar yaratishga intiluvchanligi va hokozolar. Bugungi kunda tarbiyachi eng 
faol shaxs sifatida o’z kasbiga oid zamonaviy bilimlarni egallab borishi, tinimsiz 
izlanuvchan va fidoiy bo’lishi lozim, chunki u bolani yoshligidan ma’naviy, aqliy,
axloqiy, intellektual va shu jumladan jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga 
ega shaxs hisoblanadi
3
. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish 
tarbiyachidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z 
ishiga ijodiy yondashishni talab etadi. Tarbiyachining kreativligi – bu uning o’z 
tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilashi, hammaga ma’lum narsalarni 
o’zgartira olishi va ulardan ijodiy foydalana olishi, sifat jihatdan yangiliklarni 
yaratishi juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda va shu bilan birga tarbiyachi-
pedagoglarning ish faoliyatini yanada yuksaltirish, kasbiy mahoratlarini va 
kreativligini oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
Tarbiyalanuvchilarni bilimdon va ma’nan yetuk insonlar sifatida 
shakillantirishda ularning ta’lim olishga, mashg’ulot jarayoniga, bilim egallashga 
bo’lgan ichki psixologik yo’nalishni shakillantirishda pedagog-tarbiyachilarning 
tutgan o’rni alohida. Aynan tarbiyachi bolalar uchun andoza sifatida namoyon 
bo’ladi. Shunday ekan, tarbiyachining kreativligi, harakatchanligi, bolalarni 
tushuna olishi, kommunikativ va perseptiv (bolani tushuna olish) qobiliyatlari bilan 
bir qatorda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bolalarda harakatchanlik, 
qiziquvchanlik hamda bilishga bo’lgan ishtiyoq kuchli bo’lishi bir qator psixolog 
olimlar tomonidan ilmiy jihatdan isbotlangan. Faqatgina bunday qiziqish va 
ishtiyoqlarni ijobiy tomonga yo’naltirish talab etiladi. Buning uchun esa 
tarbiyachidan yanada ko’proq izlanishni, ijodkorlikni va intiluvchanlikni talab 
etadi.
Kreativlik nima? Amerikalik psixolog Avraam Maslouning fikricha, bu har 
bir kishiga xos bo’lgan, lekin mavjud tarbiya, ta’lim va ijtimoiy amaliyot tizimi 
3
Sh.M.Mirziyoyev. ”Milliy taraqqiyot yo’limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz” – 
Toshkent;- “O’zbekiston”, 2017-y, 25-bet. 


ta’sirida ko’pchilik tomonidan yo’qolgan ijodiy yo’nalishdir. Kreativlik ( lot., ing.
“create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarini 
ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida 
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma’nosini ifodalaydi. 
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy 
tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va 
pedagogika lug’atlariga asoslanib tarbiyachining kreativligi deb uning fikrlaridagi 
sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish 
darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta 
ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. 
Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g’oyalarni o’ylab topish (o’ziga xoslik);
ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g’oyalar bilan solishtirish va 
ulardagi bog’liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etiladi.
Ingliz psixologi E.P.Torrens kreativlikning quyidagi to’rtta ko’nikmasini 
aniqlagan bo’lib, bular; 
1.
Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi “ko’p” degan 
so’zga asoslanadi 
2.
Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab toppish “ko’nikmani 
o’zgartirish” degan so’zga asoslanadi. 
3.
O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab 
toppish ko’nikmasi “ noyob” degan so’zga asoslanadi. 
4.
Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi “ qo’shish” degan 
so’zga asoslanadi
4

P.Torrens fikricha, kreativlik: muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; 
farazni tekshirish va o’zgartirish, qaror natijalarini shakillantirish asosida 
muammoni aniqlash, muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning 
o’zaro qaram-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi
5
. Pedagoglarning 
kreativ sifatlarga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy 
4
Muslimov N.A. “Bo’lajak kasb ta’lim o’qituvchilarini kasbiy shakllantirish”/Monografiya.-T.:Fan,2004,34-bet. 
5
Muslimov N.A. “Kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish texnologiyasi” 
/Monografiya. –T.: ”Fan va texnologiya” nashriyoti,2013 


quvvatini kasbiy faoliyatini sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Binobarin, 
kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatni tashkil etishda, ijodiy 
yondashish, yangi, ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or 
pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan 
pedagogik yutuqlar to’g’risida doimiy, izchil fikr almashish ko’nikmasiga ega 
bo’lishga e’tibor qaratadi. Xorij pedagoglari, xususan, Patti Drapeauning fikricha, 
bir shaxsning ayniqsa pedagog-tarbiyachining kreativligi boshqalarning ijodiy 
jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi
6
. Ko’pgina pedagog-tarbiyachilar o’zlarida 
kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan 
asoslash mumkin;
Birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” 
tushunchasi qanday ma’no anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; 
Ikkinchidan; kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan 
bexabarlar. 
Ayni o’rinda shuni aytish o’tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik 
qobiliyatiga ega. Xo’sh ular o’zlarida kreativlik qobiliyatini qanday aks etishlari 
mumkin degan savol tug’iladi. Bu borada Patti Drapeau shunday maslahat beradi: 
“Agar o’zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ 
tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat 
beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo’lganingiz yoki 
bo’lmaganingizda emas, balki mashg’ulotlarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz 
va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”
7
. Bundan shunday xulosa 
chiqarish mumkinki P. Drapeau nuqtaiy nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, 
muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi.
Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik 
qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali 
shakillantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
6
Sayidahmedov N.”Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”. – T.”Innovatsiya - Ziyo”, 2003-y, 213-bet.
 
7
Usаrоv J. E. “Inklyuziv ta’limning nazariy va kontseptual mаsаlаlаri” //integration of science, education and 
practice. Scientific-methodical journal. - 2021. - т. 1. - №. 02. - с. 37-46-bet.


Ijodkorlik - muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini 
belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. 
Ijodkor shaxs - ijodiy jarayonni muvofaqiyatli amalga oshira oldigan hamda 
aniq ijodiy natijalarga ega shaxs. 
Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari 
va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida 
o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Kreativ 
fikrlaydigan tarbiyachiga qo’yiladigan zamonaviy talablar shundan iboratki, u 
axborotchi emas, balki bolalarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
muofiqlashtiruvchi (coordinator), boshqaruvchi (menejer), muloqot tashkilotchisi, 
maslahatchi bo’lishi kerak.
Ma’lumki, kreativlik – shaxsning akmeologik darajasidagi faoliyat bosqichi 
bo’lib, bu qo’yilgan masala yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon qilish, 
o’zgalarning fikrini ijodiy qayta idrok etish, refleksiya, o’z nuqtaiy nazarini 
asoslab berish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo’lishga tayanadi. Tarbiyachi 
kreativ faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini bilish mayllari, ehtiyojlari, faolligi, 
mustaqillik, tashabbuskorlik, nostandart tafakkur, impovizatsiya kabilar tashkil 
etib, ular bevosita tarbiyachi shaxsining faoliyatga yo’nalganligi va kreativ 
qobiliyatlari bilan uyg’unlashadi
8

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mashg’ulotlarni oldindan rejalashtirish, 
pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakillantirish va rivojlantirish, ularni 
ijodiy fikrlash, yangi g’oyalarni o’ylab topishga undash, ta’lim olishga bo’lgan 
munosabatni o’zgartirish ularni yutuqlarga erishishga rag’batlantirishda asosiy 
omil bo’ladi. Tarbiyachining ijodkor va kreativ bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, 
balki mashg’ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g’oyalarni 
ta’lim jarayonida sinab ko’rishga intilishi ularda kreativ salohiyatining boyib 
borishiga zamin yaratadi. Tarbiyachining kreativ fikrlash ko’nikmalari ulardagi 
kreativlik qobiliyatini oshirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi. Aynan 
mazkur ko’nikmalar ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat uchun 
8
R.G`.Qodirov.”Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” T-“O’zbekiston”-2005-y,6-7-bet. 


yo’naltira olish, muammolarga nisbatan sezgirlik, intelektual qobiliyatlar, hissiy 
jihatdan erkin va ijobiy fikrlar tafakkur tarzining shakillanishiga xizmat qiladi. 
Shuni tavsiya etamanki, har bir tarbiyachi o’zini-o’zi rivojlantirishi, o’z 
ustida ko’proq ishlashi, o’zini- o’zi namoyish etishi, atrof-muhitda bo’layotgan 
o’zgarishlardan va yangiliklardan xabardor bo’lishi, bundan tashqari 
mashg’ulotlarni tashkil etishda, avvalo rejalashtirilgan bir qolipdagi mashg’ulot 
turlaridan vos kechib, yangilik yaratishga intiluvchanligi uning kreativ 
qobiliyatining yanada boyishiga zamin yaratadi.

Yüklə 423,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin