Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materialni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish


  1.2. Matematikani o„qitishda ajdodlar merosidan foydalanish hisobidagi



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#148590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
 


12 
1.2. Matematikani o„qitishda ajdodlar merosidan foydalanish hisobidagi 
asarlar. 
J.Ikromov o‗zining «Matematikani o‗rganish tili» kitobida «Maktab 
o‗quvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bo‗linadi» 
deb, ta‘kidlaydi. Birinchi navbatdagi ular obyektiv tushunchalarning birgalikda 
tashkil etadigan mazmuni - matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda 
obyektlarning aniqdek xususiyatlari bilan tarixiy-genetik jihatlar o‗rtasidagi 
bog‗liqlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Z.Otajonovaning "Matematika o‗qitishda O‗rta osiyolik olimlar ijodidan 
foydalanish" (1981) o‗qituvchilar uchun qo‗llanmasi ham katta ahamiyatga ega. 
Taniqli olim Sayyidamin Axmedovning "O‗rta Osiyoda matematika taraqqiyoti va 
uni o‗qitish tarixidan" nomli kitobida O‗rta osiyolik mashhur olimlar ijodi
madrasada matematikaning o‗qitilishi O‗rta Osiyoda qo‗llangan sanoq tizimi, 
arifmetik amallar, kasr sonlar arifmetikasi keng yoritilgan. 
A.Abduraxmonovning "Maktabda geometriya tarixi" risolasi sinf va sinfdan 
tashqari ishlarda geometriya tarixi o‗qitilishiga bag‗ishlangan bo‗lib maktab 
o‗quvchilari uchun muhim o‗quv qo‗llanmadir. 
K.G. Kojaboevning «Maktabda umumiy matematikaning tarbiyaviy 
yo‗nalishi» nomli ilmiy ishida o‗quvchilarni buyuk qomusiy olimlar al-Xorazmiy, 
Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, G‗iyosiddin Koshiy, Al-Forobiy va boshqalarning 
ilmiy meroslarini o‗rganish katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan. 
S.I.Afoninaning "Matematika va go‗zallik" asarlarida tarixiy elementlarni 
o‗rganish muhim o‗rin tutishi diqqatga sazovor. 
O‗rta Osiyo olimlarining matematika sohasidagi ishlari va ularning fanni 
rivojlantirish sohasidagi xizmatlari haqida ma‘lumotlar berilgan. O‗rta Osiyoda 
o‗qitish tarixi muammolari, o‗qitish uslubiyati va o‗qitishni mukammallashtirish 
masalalari tilga olingan. Shuningdek, mashxur matematiklar va matematikaga 
qiziquvchilar Muhammad Muso al- Xorazmiy, Nasafiy, Xo‗jandiy, Beruniy, 
Sijovandiy, Koshiy, Kuboviy, Bobokalon Muftiylar haqida ma‘lumotlar bor. 


13 
Kitobdan o‗rta maktab matematika darslarida tarixiy materiallarni qo‗llash 
maqsadida foydalanish mumkin.
Golland olimi B.P.Vanderning «Uyg‗onayotgan fan» (Qadimgi Misr, Vavilon 
va Yunoniston matematikasi) aniq fanlar turli tarmoqlari arifmetika, matematika, 
algebra, geometriya davrlarga bo‗lib ko‗rib chiqilgan. Mazkur ilmiy ishda 
matematikaning fan tariqasida shakllanishining sarchashmalari haqida fikr 
yuritiladi. Bu ilmiy 
ishning 
o‗quvchilar uchun yana bir foydali tomoni - matematika 
va geometriyaning amaliy ishlari bilan bog‗langan, matematikaning amaliyot bilan 
bog‗liqligi haqida qiziqarli ma‘lumotlar keltirilgan. 
A.P.Yushkevichning «O‗rta asrlar matematikasi tarixi» ilmiy ishida 
matematika fanining Xitoy, Hindiston, Islom mamlakatlari (arab davlatlari, O‗rta 
Osiyo, Eron, Ozarbayjon)dagi taraqqiyotining umumiy bayoni berilgan. Muallif 
ko‗p sonli tadqiqotlariga yakun yasab, matematika fani taraqqiyot tarixini yangicha 
tushunish 
haqida 
o‗z xulosalarini bayon qilgan. S.X.Sirojiddinov va 
G.P.Matviezskaya birgalikda 1978-yilda o‗quvchilar uchun Abu Rayhon Beruniy 
haqida qo‗llanma ham yaratdilar. Bu qo‗llanma «Abu Rayhon Beruniy va uning 
matematikaga oid asarlari» deb ataladi. Unda O‗rta Osiyo qomusiy olimi Abu 
Rayhon Beruniy ijodining qisqacha bayoni, uning ilmiy tarjimai holi va uning 
izdoshlari haqida ham ma‘lumotlar bor. Oxirida Beruniyning matematik asarlari, 
ya‘ni matematikaga oid ijodi berilgan. 
M.Axadovaning O‗rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari ijodi to‗g‗risida o‗z 
tilida yozilgan ilmiy ishlari 1964- va 1983- yil sanalari bilan belgilangan. Birinchi 
kitob shu sohaga qiziquvchilar uchun matematika tarixi faniga oid qo‗llanma bo‗lib, 
u «O‗rta Osiyoning mashhur matematiklari» deb ataladi. Unda Muhammad 
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom haqida hikoya qilingan
4

Ikkinchi kitob «O‗rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir 
ishlari» deb ataladi. Bu kitobda Beruniy, Umar Xayyom, Ibn Sino, Tusiy, Ulug‗bek, 
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar haqida kengroq ma‘lumot berilgan. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin