6. UMUMIY QOIDALAR 6.1. Talaba har bir kursni muvaffaqiyatli o‘tganda va Talaba tomonidan shartnoma
shartlari buzilmasa, Universitet o‘qishning muvaffaqiyatli yakunlanishidan oldin keyingi kursda
o‘qishni belgilangan tartibda davom ettirishni ta'minlaydi;
6.2. Kirish, oraliq, yillik va umumiy yakuniy imtihonlar natijalari Universitetning rasmiy
veb-sayti va raqamli bazasida e'lon qilinadi. Natijalarni jismoniy shaklda zarur bo‘lgan ayrim
hollarda e'lon qilishga ruxsat etiladi. Talaba mazkur shartnomaning 2.3.7-bandiga muvofiq mustaqil
va o‘z vaqtida natijalar bilan tanishish va talabaning ichki qoidalari va normativ-huquqiy
hujjatlariga muvofiq harakat qilish majburiyatini oladi;
6.3. Ushbu shartnomada Talabaning va Universitetning stipendiya olish/to‘lash
huquqini/majburiyatini o‘z ichiga olmaydi. Stipendiyalik shartnoma alohida hollarda mazkur
shartnomani o‘rniga tuziladi;
6.4. O‘qish davrida Universitetga qabul qilingan hujjatlar (attestat, o‘rta (maxsus)
ma'lumot to‘g‘risidagi diplom, sertifikatlar va boshqalar) ning nusxasini olish imkoniyati Talabadan
boshqa shaxsga berilmaydi;
6.5. Ushbu shartnoma amal qiladigan davrda Talabaning akademik muvaffaqiyatsizligi,
ichki tartib-qoidalar yoki o‘quv jarayoni buzilganligi sababli ro‘yhatdan chiqarilgan taqdirda, ilgari
to‘langan summa qaytarilmaydi;
6.6. Tomonlar ushbu oferta Universitetning dasturiy ta’minoti orqali qabul qilish uchun
yuborilgandan so‘ng qabul qilingan xisoblanadi. Ofertaning haqiqiyligini hujjatdagi QR-kodni
skaner qilish orqali bilish mumkin.
6.7. Talaba va To‘lovchi tomonlar mazkur shartnomani qabul qilish uchun Universitet
tomonidan faksimile muhrdan foydalanishga va u kuchga ega bo‘lishga rozilik bildiradilar;
6.8. Ta'lim mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha bank xarajatlari Talaba yoki
Talabaning ta'lim uchun to‘lovni to‘laydigan shaxs tomonidan to‘ldiriladi;