7. FORS - MAJOR
7.1. Tomonlar fors-major holatlari yuzaga kelganda mazkur shartnoma bo‘yicha
majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi;
7.2. Tomonlar shartnomani bajarmaslik yoki kechiktirmaslik yoki bajarmaslik oqibatlari
yoki ushbu shartnoma bajarilishining kechikishi uchun, agar bu Shartnoma ishtirokchilariga bog‘liq
bo‘lmagan hollarda sodir bo‘lgan har qanday voqea,
shu jumladan, faqat davlat organi yoki
ma'muriyati tomonidan qabul qilingan tabiiy ofat, urush yoki favqulodda holat bilan cheklanmagan
holda, ular taraflar tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini
bajarishga imkon
bermagan hollarda boshqa shaxs oldida javobgar bo‘lmaydilar.
7.3. Shartnoma tomonlardan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo‘lmaydigan
kuchlar (fors- major) holatlar ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonni 10 ish kuni ichida
ogohlantirishi lozim. Ushbu holatda Universitet masofaviy uslubda ta’lim berish imkonini yo‘lga
qo‘yish huquqiga ega va Talaba bu uslubda ta’lim olishga roziligini bildiradi.
Ushbu holatda
Universitet Talabaga 10 ish kuni ichida masofaviy ta’lim shaklini taklif qiladi. Talaba ushbu taklifga
10 ish kuni ichida yozma tarzda javob qaytarishi lozim bo‘ladi, aks holda ushbu shartnoma bekor
qilingan deb hisoblanadi. Agar Talaba masofaviy shaklda o‘qishni davom ettirishga norozilik bildirsa
shartnoma shartlari bajarilmagan deb hisoblanadi
va shartnoma bekor qilinadi, to‘lov
qaytarilmaydi.
Agar Talaba ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to‘lovi miqdorida; agar
shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1- yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni amalga oshirmagan
bo‘lgan taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to‘lashni o‘z majburiyatiga oladi.
7.4. Ushbu shartnomaning 7.3 bandida ko‘rsatilgan shartga asosan fors-major holatlari
ta’limni masofaviy amalga oshirishga imkon bersa tomonlar o‘z majburiyatlarini masofaviy ta’limga
asosan amalga oshiradilar. Bunda Talaba masofaviy ta’lim olish uchun talab qilingan barcha texnik
va boshqa jihatdan sharoitni yaratishni o‘z zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: