53
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
taqsimotdan ortiqcha pul mablag‘larni ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishgan.
Daromadi past va o‘rta bo‘lgan davlatlar qo‘shimcha byudjet mablag‘larini ta’lim
vositalariga qaratishgan bo‘lsa, yuqori daromadli davlatlar o‘qituvchilarning oylik
maoshlarini oshirishga yo‘naltirgan.
Ta’kidlash joizki, bunday so‘rovlar natijasida doimiy monitoring olib borish
turli xil ko‘rinishdagi vaziyatlarni aniqlashga xizmat qiladi. Xususan, daromadi
past bo‘lgan davlatlarning ta’lim tizimida sezilarli darajada ta’lim sifatining
tushishi va yo‘qotishlarga olib kelinganligi aniqlangan.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
DOLZARB MUAMMOLAR
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
PEDAGOGIK TRANSFORMATSIYADA AXBORIY TA’MINOT -
KASBIY RIVOJLANISHNING RAQAMLASHTIRILGAN MUHITI:
MUAMMO VA YECHIMLARI
Mehriniso PARDAYEVA,
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
o‘rganish va istiqbollarni belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
direktor o‘rinbosari, PhD
56
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Har birimiz ota-ona sifatida ilk bor farzandimizning jajji qo‘llaridan
yetaklab maktabga olib borganmiz/boramiz. Beixtiyor xayolimizda turli
savollar aylana boshlaydi: bolam maktabga oson moslashib ketarmikan?
O‘qituvchisi yaxshimikan, darsni sifatli beradimi? Farzandim bilan dars qilishga
qiynalmasmikanman? Darsliklari qanday ekan? Maktabda muhit xavfsiz va
do‘stonami? Va boshqa ko‘plab savollar har birimizni qiynagan.
Bunday xavotir har birimizda bo‘lgan, faqat uning darajasi har xilligi bilan
o‘ziga xosdir. Kimdir maktabni tanlaydi, kimdir o‘qituvchini, kimdir masofaga va
yana kimdir boshqalarning fikriga e’tibor qaratadi. Chunki maktablar, pedagogik
jamoalar, o‘qituvchilar turli xil, ammo, maqsad bitta - maktab bitiruvchisi ota-ona
orzusidagi, davlat buyurtmasiga mos muvaffaqiyatli shaxs- vatanparvar fuqaro,
solih farzand bo‘lsin.
Maktab ta’limidan ota-ona, davlat va jamiyatning bunday kutuvlari
haqlidir. Dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va global
chaqiriqlar maktab ta’limiga yangi talablarni qo‘ymoqda. O‘z navbatida ta’limiy
transformatsiya yuz berib, progressiv islohotlar orqali ta’lim muammolariga
innovatsion yechimlar topish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
So‘nggi yillarda xalq ta’limi tizimida olib borilayoitgan islohotlar maktab
ta’limi sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatda o‘qituvchi nufuzini oshirish
va ta’lim mazmuni, o‘qitish hamda baholashning o‘quvchilarni muvaffaqiyatli
hayotga tayyorlash maqsadida ilg‘or tajribalarga tayanib takomillashtirish ishlari
amalga oshirilmoqda.
Eng asosiysi, barcha islohotlarning ijrochisi – pedagog kadrlar malakasini
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, masalan, doimiy ehtiyojlarga
asoslangan individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini taqdim etuvchi “Uzluksiz
kasbiy ta’lim” maxsus raqamli platformasi joriy etilmoqda [1; 1 b.].
Mazkur raqamli makonda har bir xalq ta’limi xodimining kasbiy rivojlanish
dinamikasi, uning pedagogik faoliyatini aks ettiruvchi elektron portfoliosi
shakllantiriladi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish
natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi.
Davriylikka asoslangan an’anaviy malaka oshirish tizimidan farqli o‘laroq,
|