Referat I mavzu: Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar. Qabul qildi



Yüklə 69,22 Kb.
səhifə1/8
tarix05.12.2023
ölçüsü69,22 Kb.
#173225
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika mustaqil ish Axtamova Maftuna


Buxoro Davlat Universiteti


Tabiiy fanlar fakulteti 10-1geo-23 guruh
talabasi Axtamova Maftunaning
Pedagogik kompitetlik va kreativlik fanidan yozgan

R E F E R A T I
Mavzu: Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar.


Qabul qildi:________________
Sana:____________________

Buxoro2023
RE’JA:


  1. Kirish

II. Asosiy qism
1. Pedagogik kompetentlik va unga xos sifatlar.
2. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikka oid ilmiy yondoshuvlar.
3. Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev: “Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi. Yana bir muammoni hal etish muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur..”1 deb ta’kidlab o’tganlar.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida e’tirof etilmoqda. Bu maqsadni amalga oshirishda ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy-metodik asoslari yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda.
Malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimida ixtisoslik o’quv predmetlarini o’rganish katta ahamiyatga ega. Chunki ixtisoslikka oid kasbiy va shaxsiy kompetentlik (bilim, ko’nikma va malakalar) asosan ixtisoslik o’quv predmetlarini o’rganish jarayonida shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha har tomonlama yetuk, malakali kadrlar tayyorlash – dasturimizning asosiy sharti bo‘lishi kerak”, – degan edi. 11 Oliy ta’lim muassasalari “Pedagog kadrlar qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillshatirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazini tashkil qilish vazifasini qo‘yadi.
Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish metodikasini noan’anaviy tarzda takomillashtirish natijasida ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan yakuniy natija - ijobiy sifat o’zgarishi kafolatlanadi, o’quv jarayonining kerakli tuzatishlar kiritilib borilaveradi.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, o’quv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o’quv jarayonini amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirish, bu borada o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish borasida chora-tadbirlar belgilab berildi.
Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi. So‘nggi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi.



Yüklə 69,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin