III. Xulosa Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim, ya’ni o‘qitishni tarbiya bilan uyg‘unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan holda yondashilishi ko‘zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki o‘ta mahoratlilik, oliy malakali pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga, aytish joiz bo‘lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga amaliy tayyorgarliklar uzviyligi ko‘zga tashlanadi. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va metodlarda bo‘lmasin, quyidagi didiktik prinsiplarga asoslanadi.
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi prinsipi.
2. Kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib borish prinsipi.
3. Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan funksional bog‘liqlik prinsipi.
4. Talabalar amaliyotining ko‘rgazmaliligi prinsipi.
5. O‘z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat yurgazishga intilish va mas’uliyat hissining shakllanishi.
6. Talaba amaliy o‘quvining takomillashib borishi prinsipi.
Bu prinsiplarning barchasi kelajakda o‘qituvchi kasbiy kompe tensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy funksional, pedagogik-psixo logik takomillashuvi aspektlaridan hisoblanadi. Uslubiy qo‘llanmada o‘zimiz aniqlagan va tahlil qilgan kasbiy kompetensiyaning boshqa pedagogik sifatlar bilan solishtirish orqali o‘qituvchi pedagogik faoliyati zinapoyasidagi o‘rnini aniqlashga xarakat qildik. Biz uni “Uztoz pedagog” modeli diagrammasida, ”Kasbiy kompetensiya takomillashuvi aspektlari” deb nomlangan professiogrammalarda sanab o‘tdik. Asosan shu ikki ko‘rgazmali manbaa bizning ilmiy tahlillarimizni aniqlashtirish imkonini beradi. Uslubiy qo‘llanmada kasbiy kompetensiya egasi bo‘lgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, kompetentlik mezonlari va o‘lchovlarini ishlab chiqish, pedagog kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarida samaradorlikni oshirish, “O‘qituvchi kasbiy kompetensiyasi asoslari” o‘quv darsligini ishlab chiqish maqsadga muvofiq ekanligi hamda ushbu muammolarni hal qilishda, pedagogik kasbiy kompetensiya asoslarini yaratishda xorij pedagogikasidan ko‘chirib olishning xato ekanligi, mezonlarga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi nuqtai nazaridan yondoshish, milliy an’analar, manaviyat va milliy, davlat manfaatlaridan kelib chiqib yondoshish kabi hulosaviy takliflarimizni ham kiritdik. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini takomillash tirish orqali pedagogik mahorat, prfessionalizm sifatlariga erishish ta’lim va tarbiya ishlarini zamon talabiga ko‘tarishga xizmat qilajagini ta’kidlab o‘tish zarur.