139
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Mustaqil ish jarayonida oʻqituvchilarning oʻqish savodxonligini rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan topshiriqlar ishlashda oʻquvchilar oʻrgangan bilimlarini maktab
hamda maktabdan tashqarida, shuningdek, notanish sharoitlarda qoʻllashlari
mumkinligini e’tiborga olgan holda, baholash mezonlarini ishlab chiqishlari
talab etiladi.
Xalqaro tadqiqotlarga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak,
Jumladan, PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib
tushunish koʻnikmalari qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni
xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni
yaxshilashda taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan
tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. PIRLS —
yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan siyosat yutuqlarga taʼsir qilishini oʻrganish uchun
qimmatli vosita. PISA dasturi 3 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Dastlab 1997-yilda
ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qoʻllanilgan. Bu dastur boʻyicha har
uch yilda oʻquvchilar bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi
kunga qadar jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015, 2018) testlar
oʻtkazilgan.
140
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Ushbu dasturda qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki
oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini
shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin
yaratish hisoblanadi. PISA oʻquv dasturining mazmuniga emas, balki zamonaviy
dunyoda talab qilinadigan koʻnikmalarga koʻproq eʼtibor qaratadi. Baʼzilar PISA
ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy tafovutlarni hisobga olmaydi, deb aytishadi. Bir
mamlakatda takomillashtirish uchun qoʻllaniladigan strategiyalar, boshqa
mamlakatlarda ham xuddi shunday boʻlmasligi mumkin. Oʻqish savodxonligi
(PISA) — bu akademik muvaffaqiyatning poydevori sanaladi.
|