ning dastxatlarini ko'ramiz. Eng muhimi va bizning mavzuimizga bevosita aloqador tomoni shundaki, Bobur Mirzo so'z orqali odam- 65
ning o'zin i ko'rish mumkin, deb hisoblagan “Har .vaqtki ko'rgaysen mening so'zim ni” degan satrida so'z ko'rinadigan bir mavjudot sifatida baholanadi. Albatta, so'zning shakli faqat qog'ozda ko'rinadi, ammo so'z- ning ichki mazmunida surati chizilgan tasvir ham bor. Bu tasvirda Boburning hayoti, boshidan kechirganlari, uning tilida aks etgan didi, fe'l-atvori, ichki kechinmalari hammasi mavjud. Bobur shuni hisob- ga olib, “So'zim ni o'qiganda o'zim ni ko'rganday bo'lasen” (“S og‘- ingaysen o' zimni”) deydi. Badiiy tilga bunday tirik jon ato qilishga faqat daho darajasidagi realist adiblargina muyassar bo'ladilar. Ajoyibi shundaki, “Bobur- noma” memuar asar sifatida Bobur she'riyatning hayotiy asoslarini ochib beradi va shu bilan ularning ta'sir kuchini oshiradi. Boburning she'riy asarlari esa uning nasriy asarida aytilmagan ichki kechinma lari va qalb tug'yonlarini she'riy at vositalari bilan yanada ta'sirliroq qilib ifoda etadi. “Bobum om a”da 1506-1507 yil voqealari orasida qish kunida Hirotdan Qobulga qorli dovondan oshib o'tib borish mashaqqati tasvirlanadi. Bir hafta davomida qor tepib y o'l ochib boradilar. Qor ko'krakka uradi. Otlar yurolmaydi. Devon tepasida qor bo'roni kuchayib ketadi. Sovuq behad qattiq. B a'zi bek va nav- karlaming qo'l-oyog'ini sovuq uradi. Bobumi tor bir tog' kamarida panalashga undaydilar. ’’Ko'ngulga kechdikim, barcha el qorda va chopqunda, men issiq uyda istirohat bila... Muruvattin yiroq va ham- jihatlikdin qiroq ishdur. Men ham har tashvish va mashaqqat bo'Isa