kirlarining nutq talqinlari ta'sirchanligi va Notiqlik san'ati asoslari bo'yicha olg'a surgan fikrlari jahon taraqqiyparvar notiqligining shu masalalaridagi talqinlari bilan hamohangdir 72
Hazrat N avoiy ham “Majoiis un-nafois” asarida.qator voizlar haqida ma'lumot bergan. Bas, shunday ekan, o'zbek voizlarining salm og'i boshqa xalqlarnikidan ko'p bo'lsa ko'pki, kam emas. Xoja Muayyad Mahnagiy U o 'z zamonasining etuk notiqlaridan bo'lishi bilan birga, oddiy mozor shayxlaridan bo'lgan. Alisher Navoiyning yozishicha, u “zohir ulumin takxnil qilib erdi”, ya'ni yuzadagi ilmlar, o'ziga ayon bo'lgan fanlaming hammasini o'zlashtirgangina emas, balki uni to'ldirgan va rivojlantirgan ham edi. Uning va'zlari jo'shqin o'tgan, o 'z tinglovchilarida nutqiga nisbatan xayrixohlik qo'zg'ata olgan. Shuning bilan birga u o'z tinglovchilari qalbiga qo'l sola olgan, ularni faqatgina tinglovchilikdan, har birini faol fikr yurituvchi, va'z mazmuniga nisbatan faol niunosabatda bo'luvchi ijodkor tinglovchi- lar darajasiga ko'tara olgan. O 'z majlislarining qizg'in o'tishiga erisha olgan. O 'sha davrlarda Xoja Muayyad kabi otashnafas notiqlar soni juda kam bo'lgan. Shuning uchun ham ular nomi ulkan adiblar nomi qatorida tarix sahifasidan sharafli o'rin olgan. Uning ijodiy mahorati boshqa notiqlar uchun namuna bo'la oladi. Chunki u o'sha davrdagi mavjud fanlaming barchasini to'la o'zlashtirgan va ularni takomillashtirgan donishmand olimdir. Xoja Muayyad kabi mahorat va bilimga ega bo'lgan har bir notiq o 'z tinglovchilari qalbini larzaga keltirishi, ularni hayajonga sola olishi turgan gap. Ana shunday qudrat zakovati tufayligina sultonlar.