“Bobur shoh va shoir sifatida qanday uyg'unlashgan bo'Isa, uning ijod sarchashmasi bilan tashvishlarga to'la hayoti ham bir-biriga monand chirmashib ketgan. Ulam i ayricha tasavvur etish as I о mum kin emas. Boburning badiiy Notiqlik mahorati uning asarlarida shundaygina “Mana men” deb ko'rinib turadi. Uni faqat o'qib his etish mumkin. Irshod va Qozi O'shiy haqida Notiqlik juda uzoq tarixga ega, ana
shu davr ichida
u shakllandi,
o'zgardi va kamol topdi. Albatta, bu tarixiy jarayonda nasldan-naslga meros qolishga arzigulik an'analar ham etib keldi. Sharq va xususan Markaziy Osiyoda juda ko'plab notiqlar etishib chiqdilar, hatto ular notiqlik asoslarini va maktabini yaratib, butun Sharqqa, butun dunyoga mashhur bo'lganlar. Jumladan, M avlono Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif ’ asarida aytilishicha, Sulton Husayn Boyqaro bir kuni Sherozga, shoh Shijo' oldiga rasmiy davlat ishi bilan muzokara olib borish uchun bir vakil yubormoqchi bo'lgan. Arkoni davlat bilan maslahatlashib, M avlono Irshoddan boshqa munosib kishi topa olmaydilar. Xullas, Irshod Sherozga borib rasmiy ishlami oz muddatda ijobiy hal etadi. Am m o uning Notiqlik mahoratiga qoyil qolgan shoh Shijo' Irshodga javob bermay, bir majlis qurib, keyin ketishi mum-kinligini aytib, iltimos qiladi. Notiq majlisni juma kuniga tayinlaydi. Boshqa odamlar qatori shoh va uning a'yonlari ham masjidi Jomega yig'i- ladilar. O'sha kuni M avlono Irshod shunday ehtirosli nutq so'zlaydi- ki, yig'ilgan xaloyiq ho'ng-ho'ng yih'lay boshlaydi. Notiq hamma- ning nutqqa berilib ketib yih'layotganini ko'radi. Shunda Mavlono 71