sizning, ham bolangizning kayfiyati buziladi. Bir rivoyat o'qigan edim, Tohir Malikning kitobida bo'lsa kerak. Tabib bemorni davolash uchun ilon izlab topadi. Yo'lda kelayotib ilon tilga kiradi: - Sen meni o'ldirib, zahrim bilan bir odamning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lyapsan, to'g'rimi? Tabib: - To'g'ri, - debdi. - Endi quloq sol, - debdi ilon. - Bekor qilasan, bemor mening zahrim bilan tuzalmaydi. Agar biz chaqqanimizda tuzalar edi. Uni do'sti chaqqan. Odamning zahrini ilonning zahri yo'q qila olmaydi, - debdi va so'zida davom etibdi: - Bilasanmi, Alloh bizni shunday sovuq va badbashara qilib yaratdi, qo'l-oyoq ham, aql ham bermadi. Ammo biz ilonlar bir-birimizni chaqmaymiz. Siz insonlarga esa aql- ga qo'shib butun borlig'ni berdi. Shunda ham noshukurchilik qilib, bir-birlaringizni chaqasizlar, - debdi. Tabib ilonni o'ldirmay qo'yib yuboribdi. Haqiqatdan ham, bemorni o'z do'sti chaqqan ekan, hech qanaqa dori kor qilmay olamdan o'tibdi. Tishi bilan chaqqan deb o'ylamang tili bilan, zahar zuqqum gaplar bilan chaqib boshiga et- gan. Shunday zaharli odamlardan o 'zi asrasin. Bundaylarga qarab turib: Namuncha zaharsiz, zahcirsiz biram, Turqingiz chaplashga chidamas qalam. Buncha zuqqumni qatiday yig'dingiz, Yorilsa, to'kilsa rasvoi olam, (N.B) - degingiz keladi. Agar siz odamning ko'nglini ovlamoqchi bo'lsangiz, muomala madaniyatingizni ishga soling, bu qo'lingizdan keladi. Bunga osonlik bilan erishishingiz mumkin. 99
Inson qalbi “ochilmagan qo'riq”. Kimgadir yaxshilik istasa ko'ngling,