dinni, ya’ni yo protestantlikni yoki katoliklikni tanlash hu-
quqiga ega bo‘ldi.
Shu davrdan boshlab Reformatsiyaning barcha tarafdorlari
protestantlar, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala
boshlandi. Shunday qilib, xristianlikda uchinchi oqim — pro-
testantlik vujudga keldi.
M. Lyuteming katolik ta ’limotiga kiritgan islohlari natijasida
vujudga kelgan ta limot lining nomi bilan lyuterchilik deb
ataldi. «Lyuterchilik» va «protestantlik» atamalari amalda
bir xil та ’noni anglatadi.
Reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga
kelibgina qolmadi. Endi knyazlarga b o ‘ysunadigan cherkov
ham vujudga keldi.
Protestantlik oqimi ta’limotining mazmunini, uning katolik
ta ’limotidan farq qiluvchi asosiy xususiyatlarini siz IX sinfda
«Dunyo dinlari tarixi» darslarida o‘rganasiz.
Dostları ilə paylaş: