5 -§ . Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi
Mutlaq monarxiya.
M utlaq
monarxiya
(absolutizm)
— davlat hokimiyatining huquqi hech qanday qonun bilan
cheklanm agan yagona bir shaxs — m onarx qo ‘lida
to ‘planishidir.
Boshqaruvning mutlaq monarxiya
shakli siyosiy tarqoq
mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo‘l ostida birlash-
tirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat
tarqoqligiga barham berdi.
Chunonchi, qirol Genrix VIII
Tyudor (1509—1547) hali ham mustaqilligini saqlab qolgan
ayrim shimoliy grafliklar
va Uelsga yurish qilib, butun
mamlakatni birlashtirdi.
Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o‘zaro ichki urush-
lariga barham berdi. Tyudorlar feodallar qo‘shinlarini tarqa-
tib yubordi.
Bo‘ysunishni istamagan feodallarning qo‘rg‘onlari yer bilan
yakson qilindi. Isyonchilarning yerlari
tortib olindi va qirollik
mulkiga qo‘shib yuborildi.
Shaharlarning huquqlari cheklab qo‘yildi. Toifaviy-vakillik
organi boMmish parlament butunlay bo‘lmasa-da, o‘z ahamiya-
tini yo‘qotdi. Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina par-
lament roziligining shartligi belgilab qo‘yildi.
Angliya
qirollari
veto
huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga
parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini
berardi. Mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘na-
lishini
parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Ken-
gash belgilar edi.
Dostları ilə paylaş: