Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Kontrreform atsiya
— 
X V I—X V I I asrlar о ‘rtalarida
Yevropada Rim Papasi rahnamoligida Reformatsiyaga qarshi
qaratilgan diniy-siyosiy harakat.
M onarxiya (yunoncha — yakkahokim lik)
— 
chek-
lanmagan huquqqa ega bo ‘Igan yakka shaxs boshqaradigan
davlat.
Savol va topshiriqlar
1. Mutlaq monarxiya haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Angliyaning bugungi to iiq rasmiy nomini ayting. Udavlat tuzumiga
ко ‘ra qanday davlatligini aniqlang.
3. Angliyadagi Reformatsiya va Kontrreformatsiyalar haqida nimalarni
bilib oldingiz?
4. X V I asr Angliya tarixida qanday ahamiyatga ega?
5. Yelizaveta I ichki va tashqi siyosatda qanday muvaffaqiyatlarga
etishdi?
Mustaqil ish
« 0 ‘zbekiston davlati va huquqi asoslari» fani o ‘qituvchingizdan 
bugungi kunda monarxiyaning qanday shakllari borligini bilib oling. 
Ularga misollar keltiring.
23


6 -§ . Fransiyada mutlaq monarxiya
Fransiyada mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos xusu-
siyatlari. 
XVI—XVIII asrlarda Fransiyada mavjud bo ‘lgan 
qirol hokimiyatining mazmuni quyidagi iborada o‘z ifo- 
dasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram 
bo‘lib tug‘ilgan o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunmog‘i lozim».
Fransiyada mutlaq monarxiya qaror topishi bilan General 
shtatlar o‘zining awalgi ahamiyatini yo‘qotdi.
G eneral shtatlar nima ekanligini eslang.
Qirollarning o‘ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo‘q 
qilardilar. Biroq buning iloji yo‘qligi uchun ularning mamlakat 
siyosiy hayotiga ta’sirini kamaytirishga urinar edilar. Bunga 
erishganlar ham.
Fransiyada Angliya parlamentidan farqli o‘laroq, General 
shtatlarning davlat hayotidagi ta ’siri zaif edi. Keyinchalik u 
juda kamdan kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug‘ilgani- 
dagina chaqiriladigan bo‘ldi.
1614-yildan boshlab butun XVII asr 
davomida esa biror marta ham cha- 
qirilmadi. Binobarin, Fransiyada qirol 
h o k im iy a ti A ngliyadagi q iro l h o - 
kimiyatidan ham kuchliroq b o ‘lgan. 
Shunday b o ‘lsa-da, parlament butun­
lay tugatilmadi. Fransiya viloyatlarida 
ham o ‘z parlam entlari mavjud edi. 
Mamlakat fuqarolariga bu parlam ent- 
larga viloyatlar sudlari hukmi ustidan 
shikoyat qilish huquqi berilgan. Ay- 
niqsa, Parij parlam enti katta ta ’sirga 
ega bo ‘lgan. Uning vakolati mamlakat 
hududining 1/3 qismida amal qilgan. Parij parlamenti taxt 
vorisi yosh b o ‘lsa, regent tayinlash huquqiga ham ega edi.
Qirol saroyi hayotining asosiy m azmunini qirol shaxsini 
ilohiy deb hisoblovchi tushuncha tashkil etardi. Fransiya 
qiroli Lyudovik XIV bekorga «Davlat — bu men!» demagan 
edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin