6 -§ . Fransiyada mutlaq monarxiya
Fransiyada mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos xusu-
siyatlari.
XVI—XVIII asrlarda Fransiyada mavjud bo ‘lgan
qirol hokimiyatining mazmuni quyidagi iborada o‘z ifo-
dasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram
bo‘lib tug‘ilgan o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunmog‘i lozim».
Fransiyada mutlaq monarxiya qaror topishi bilan General
shtatlar o‘zining awalgi ahamiyatini yo‘qotdi.
G eneral shtatlar nima ekanligini eslang.
Qirollarning o‘ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo‘q
qilardilar. Biroq buning iloji yo‘qligi uchun ularning mamlakat
siyosiy hayotiga ta’sirini kamaytirishga urinar edilar. Bunga
erishganlar ham.
Fransiyada Angliya parlamentidan farqli o‘laroq, General
shtatlarning davlat hayotidagi ta ’siri zaif edi. Keyinchalik u
juda kamdan kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug‘ilgani-
dagina chaqiriladigan bo‘ldi.
1614-yildan boshlab butun XVII asr
davomida esa biror marta ham cha-
qirilmadi. Binobarin, Fransiyada qirol
h o k im iy a ti A ngliyadagi q iro l h o -
kimiyatidan ham kuchliroq b o ‘lgan.
Shunday b o ‘lsa-da, parlament butun
lay tugatilmadi. Fransiya viloyatlarida
ham o ‘z parlam entlari mavjud edi.
Mamlakat fuqarolariga bu parlam ent-
larga viloyatlar sudlari hukmi ustidan
shikoyat qilish huquqi berilgan. Ay-
niqsa, Parij parlam enti katta ta ’sirga
ega bo ‘lgan. Uning vakolati mamlakat
hududining 1/3 qismida amal qilgan. Parij parlamenti taxt
vorisi yosh b o ‘lsa, regent tayinlash huquqiga ham ega edi.
Qirol saroyi hayotining asosiy m azmunini qirol shaxsini
ilohiy deb hisoblovchi tushuncha tashkil etardi. Fransiya
qiroli Lyudovik XIV bekorga «Davlat — bu men!» demagan
edi.
Dostları ilə paylaş: