Jahon tarixi


XVI  asrning Angliya tarixidagi o‘rni



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

XVI 
asrning Angliya tarixidagi o‘rni. 
XVI asr Tyudorlar 
sulolasi asri bo‘ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz 
qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bu- 
lar — Reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va den- 
gizda Angliyaning Yevropadagi eng qudratli davlatlardan 
biriga aylanganligidir.
Angliyada Reformatsiya qirol Genrix VIII hukmronligi 
davriga to ‘g‘ri keldi va xalqning talabi bilan emas, balki 
qirolning xohish va irodasi bilan amalga oshirildi.
Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash 
uchun cherkovni yer va boshqa mol-mulklardan mahrum etish 
haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo‘lgan yerlarning
21


2/3 qismi sotib yuborildi. Angliyada protestantlik ta ’limotiga 
amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb ataldi.
Qirol cherkov boshlig‘i deb e’lon qilindi. Rim Papasi hoki- 
miyati inkor etildi.
Kontrreformatsiya. 
Genrix V III ning qizi Mariya o ‘z 
hukmronligi davrida (1553—1558) 
kontrreformatsiya
o ‘tkazishga 
urindi. U o‘zining cherkov boshlig‘i ekanligidan foydalanib, 
protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik cherkovini 
tiklashga kirishdi.
Mariya parlamentning Angliyada Rim Papasi hokimiyatini 
qayta tiklash haqidagi qarori chiqarilishiga erishdi. Ayni 
paytda shakkoklikka qarshi o‘rta asrlar qonunlari qayta tik- 
landi. M am lakatda qatag‘on boshlandi, katolik cherkov 
dushmanlari olovda yondirildi. Shunday sharoitda ko‘pchilik 
protestantlar Germaniya va Shveytsariyaga qochib ketib jon 
saqladilar. Mariyaning qatag‘on siyosati mamlakatda noro- 
zilikni kuchaytirib yubordi.
Hukmron tabaqalar endi Genrix VIII ning boshqa qizi 
Yelizavetani qirollik taxtiga o‘tqazishga qaror qildilar.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin