Jahon tarixi


Reformatsiyaning boshlanishi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Reformatsiyaning boshlanishi. 
XVI asrda Angliya va 
Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo‘lib olgan bo‘l- 
salar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u 
mayda-mayda davlatlar (knyazliklar)ga boMinib ketgan. Shu 
sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega 
boMmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cher- 
kovining ta ’siri hamon qudratliligicha qolgan. Germaniya 
aholisi, ham o‘z hukmdorlariga, ham cherkovga tinka-ma- 
dorni qurituvchi soliq to ‘lagan. Bundan tashqari, Rim katolik 
cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka ham ega bo‘lib, o‘z 
daromadining katta qismini Germ aniyadan olgan. Im pe- 
ratorning kuchi Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini ka- 
maytirishga yetmagan.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar Germaniyada umumiy 
norozilikni keltirib chiqardi. Umumiy norozilikning yuzaga 
kelishiga, shuningdek, katolik marosimlarini bajarishning juda 
og‘irligi ham sabab bo‘ldi.
0 ‘zingizni sinang:
Reformatsiya — 
bu ....
Protestantlik — xristian dinining
M artin Lyuter.
Martin Lyuterning faoliyati. 
Refor­
matsiya 1517-yilda Germaniya aholisi- 
ning katolik cherkovini 
isloh
(reforma) 
qilishni talab qilib chiqishidan bosh- 
landi. Reformatsiyani knyazlarning bir 
qismi, shaharlik va dehqonlar qo‘llab- 
quwatladilar. Reformatsiya toMqinining 
kuchayishiga Vittenberg universitetida 
ilohiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter 
ta ’limoti katta ta ’sir ko‘rsatdi.
18


U 1517-yili cherkov eshigiga dindorlarga qarata yozgan 
o ‘zining mashhur «95 
tezis»
deb atalgan 
xitobnomasini
yopish- 
tirib qo‘ydi. Xitobnomada indulgensiya savdosi qattiq qora- 
landi, Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan 
ozod etish talab etildi, cherkovning esa «kamchiqim cherkov» 
bodishi yoqlandi. M artin Lyuterning «95 tezis»i butun Ger- 
maniyani todqinlantirib yubordi.
Ko‘p o‘tmay u cherkov Papasiz ham yashashi mumkin, 
deb baralla aytdi va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan 
pullarni yubormaslikni taklif etdi. Cherkov knyazlarga va 
imperatorga bo‘ysunishi lozim, deb uqtirdi. Bu «qilmishlari» 
u c h u n R im Papasi L y u tern i shakkoklikda aybladi va 
Germaniyaga uni la’natlovchi yorliq yubordi. Biroq Lyuterni 
xalq qо ‘ 11 ab- q uvvat 1 ayotgan 1 igi uchun bu yorliqni Germaniya 
b o ‘ylab tarqatishning iloji bodmadi. Aksincha, M. Lyuter 
Papaning uni cherkovdan chetlashtirganligi to ‘g ‘risidagi 
qarorini talabalar ko‘z o‘ngida yoqib yubordi. Bu uning katolik 
cherkovi bilan aloqani butunlay uzganligini anglatar edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin