Jahon tarixi


Katolik cherkovidagi bodinish



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Katolik cherkovidagi bodinish. 
Reformatsiya natijasida Rim 
katolik cherkovida bodinish yuz berdi. Xo‘sh, bu qanday sodir 
boddi? Tez orada Germaniyada katolik cherkovining zulmiga 
va zo‘ravonligiga qarshi boshlangan harakat ommaviy tus oldi. 
1524-yilda esa bu harakat yer egalarining zulmiga qarshi uru- 
shiga aylanib ketdi. Qo‘zg‘olonning yetakchisi ruhoniy Tomas 
Myunser edi. Garchand dehqonlar urushda yengilgan bod- 
salar-da, u Germaniyada katolik cherkovi hukmronligining 
barham topishida katta ahamiyatga ega boddi.
1526-yilda Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar talabi 
bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan 
dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to ‘g‘risida qaror qabul 
qildi.
Biroq oradan ko‘p odmay Reyxstag bu qarorni bekor qildi. 
Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 nafar 
knyazi protest (norozilik) bildirishdi. Ular «Protestatsiya» deb 
atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniylar va dunyoviy feodallarning 
lyuterchilikni cheklash haqidagi umumgerman yigdlishi qa- 
roriga qarshi protestga imzo qo‘ydilar. Shu tariqa 5 nafar 
knyaz protestant (norozi) deb ataldi. Protestant knyazlar 1555- 
yilda Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq boddilar. 
Unga ko‘ra, endi har bir knyaz o‘z fuqarolari uchun istagan
19


dinni, ya’ni yo protestantlikni yoki katoliklikni tanlash hu- 
quqiga ega bo‘ldi.
Shu davrdan boshlab Reformatsiyaning barcha tarafdorlari 
protestantlar, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala 
boshlandi. Shunday qilib, xristianlikda uchinchi oqim — pro- 
testantlik vujudga keldi.
M. Lyuteming katolik ta ’limotiga kiritgan islohlari natijasida
vujudga kelgan ta limot lining nomi bilan lyuterchilik deb
ataldi. «Lyuterchilik» va «protestantlik» atamalari amalda
bir xil та ’noni anglatadi.
Reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga 
kelibgina qolmadi. Endi knyazlarga b o ‘ysunadigan cherkov 
ham vujudga keldi.
Protestantlik oqimi ta’limotining mazmunini, uning katolik 
ta ’limotidan farq qiluvchi asosiy xususiyatlarini siz IX sinfda 
«Dunyo dinlari tarixi» darslarida o‘rganasiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin