Jahon tarixi


Manufaktura ishlab chiqarishi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Manufaktura ishlab chiqarishi. 
Dengiz savdosining rivoj- 
lanishi, Yangi Dunyo aholisining yevropaliklar hisobiga ko‘- 
payib borishi va u yerdan Yevropaga oltin hamda kumush- 
ning ko‘plab miqdorda tashib keltirilishi hunarmandchilik 
mahsulotlariga bo ‘lgan talabni oshirib yubordi. Ortib bo- 
rayotgan talab yirikroq korxonalar qurishni zaruratga aylantirib 
qo‘ydi. Bu esa yangi zamonaviy korxona — mehnat taqsimoti 
asosida faoliyat ko‘rsatuvchi manufakturaning paydo boMishiga 
olib keldi. Manufaktura — dastlabki sanoat korxonasi edi.
Manufakturalar uchun maxsus binolar qurilishi boshlandi. 
U yerda turli xil mutaxassislikka ega bo‘lgan yollanma ish- 
chilar mehnat qilardilar. Yollanma ishchilarning har biri faqat 
bitta ishni bajarardi. Bu esa ishning tez va sifatli bajarilishini 
ta ’min etardi. Mazkur yangilik, tabiiyki, mehnat unumdorli- 
gining ortishiga olib keldi. M anufaktura ishlab chiqarishi 
mahsulot tannarxining arzonlashuviga ham sabab bo‘ldi.
Topshiriq
«Iqtisodiy bilim asoslari» fani o ‘qituvchingizdan tannarx nima 
ekanligini so‘rab, bilib oling.
XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarishi Angliya va 
Gollandiyada xo‘jalikning asosiy shakliga aylandi. Fransiyada 
esa rivojlanish bosqichiga kirdi.
Aksionerlik ja m iya ti — daromad topish maqsadida
hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati.
Burjuaziya (shaharning hurmatli, mo ‘tabar fuqarola-
ri) — aholining savdo-sotiq, sanoat, bank kabi sohalarida
tadbirkorlik faoliyati yuritish orqali daromad topuvchi hamda
ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanuvchilar
toifasi. Bu atam a dastlab sudya, advokat, notarius,
shifokorlarga nisbatan ishlatilgan.
Dividend (lotincha — taqsimlanadigan narsa) — aksiya-
dorlar jam iyati foydasining aksiya egasiga har yili berila-
digan va lining daromadiga aylanadigan qismi.
16



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin