Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Savdo monopoliyasi
— 
savdo sohasida tanho hukmronlik
qiluvchi tashkilodar.
N egosiant
— 
ulgurji savdo bilan s h u g ‘ullanuvchi
savdogar. Bu atama ко ‘pincha chet ellar bilan savdo
qiladigan savdogarlarga nisbatan q o ‘llanilgan.
Patent (lotincha — ochiq, aniq-ravshan)
— 
1) biror-bir
ixtironing davlat tomonidan e ’tirof etilgani va ixtirochining
o ‘z ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat; 2) savdo
yoki ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat.
Savol va topshiriqlar
1. Yangi davrda aholi tarkibida qanday o ‘zgarish!ar yuz berdi?
2. Yangi zodagonlar kimlar edi va ular avvalgi zodagonlardan qaysi
jihatlari bilan farq qiigan ?
3. Qanday omillar jahon savdosining rivojianishiga sabab bo ‘Idi?
4. Manufaktura ishlab chiqarishi borasida qanday o'zgarishlar yuz
berdi?
4-§. Yevropada Reformatsiya. Germaniyada
dehqonlar urushi
Reformatsiya haqida. 
Reformatsiya — XVI asrda 
katolik cherkovini isloh qilish maqsadida Germaniyada 
bo‘lib o‘tgan va XVII asrning birinchi yarmida G ‘arbiy 
Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakat 
edi. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida boMinish yuz 
berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan 
xoli, isloh qilingan yangi oqim — protestantlik vujudga keldi.
Xo‘sh, nega Reformatsiya yuz berdi?
X ristianlikning bungacha ikki oqimga boMinib ketishi 
qachon yuz bergan edi?
Katolik cherkovining mavqeyi haqida. 
XVI asr boshlarida 
ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini 
faqat qavmlarning xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina 
belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cher­
kovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero, ham- 
ma — oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o‘z 
daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni 
paytda cherkovning o‘zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan
2 - Jahon tarixi
17


tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad 
keltirardi.
Indulgensiya savdosi nima ekanligini eslang.
Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina 
emas, kelajakda qilinishi mumkin bo‘lgan gunohni ham ke- 
chirar edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin