Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Urushning davom etishi. 
«Varfolomey tuni»dagi qirg‘in 
mamlakatdagi Diniy urushga chek qo‘ymadi. Urushning da­
vom etishi muqarrar edi. Chunki gugenotlar taqdirga tan ber- 
madilar. Ular Fransiyani bo‘lib tashlashga qaror qildilar va 
mamlakat janubida o‘z davlatlarini tuzdilar. Bu davlatni qirol
25


xonadonining qarindoshi, gugenotlar yetakchisi Genrix Bur- 
bon (u Genrix Navarralik deb ham atalardi) boshqardi. Guge­
notlar yaxshi qurollangan qo‘shin tuzishdi.
Fransua Gizning o‘g‘li Genrix Giz esa qattiq harbiy inti- 
zom o ‘rnatilgan katolik liga tuzdi. Katoliklar fitna tayyorlay 
boshladilar. Unga ko‘ra, qirol Genrix III olib qochilar va 
majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi 
lozim edi. Biroq qirol Genrix III o‘ta ketgan mutaassib G en­
rix Gizni o‘ldirtirishga muvaffaq bo ‘ldi.
Katolik cherkovi Genrix III ning bu ishini kechira olmas 
edi. 0 ‘ldirilganlar «shahid bo ‘lgan avliyolar» deb e’lon qilindi. 
Katolik cherkovi dindorlarga qirol sog‘lig‘i uchun duo o‘qishni 
taqiqladi. Ayni paytda barcha fuqarolarning Genrix III ga 
sodiqlik haqidagi qasamyodidan ozod qilinganligi e’lon qilindi.
1589-yilda Genrix III katoliklar tomonidan o‘ldirilgach, 
qirol xonadonining qarindoshi, gugenotlar rahbari Genrix 
Burbon Genrix IV nomi bilan taxtni egalladi. U katoliklikni 
qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o‘tira olmasligini yaxshi 
bilardi. Shuning uchun ham u protestanlikdan chiqib ka­
toliklikni qabul qildi. Genrix IV o‘zining kuchi, qobiliyati va 
ta ’siridan har ikki cherkov qavmlarini murosaga keltirish 
yo‘lida foydalandi. U katolik amaldorlarni ehsonga ko‘mib 
tashladi. Diniy urushlarni to ‘xtatish va mamlakat yaxlitligiga 
erishish uchun 1598-yilda «Nant edikti»ni imzoladi.
Ediktda
katoliklik davlat dini deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, 
gugenotlar quvg‘in qilinmaydigan bo ‘ldi. Mamlakatda diniy 
murosasozlikka erishildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin