Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Lyudovik XIV.
24


0 ‘zingizni sinang:
General shtatlar — b u .........
Viloyat parlamentlariga...... huquqi berilgan.
Fransiyada protestantlikning tarqalishi. 
Fransiya qirolligida 
har ikki cherkov — katolik va protestant cherkovlari faoliyat 
ko‘rsatardi.
XVI asr boshlarida M. Lyuter ta’limotiga mos g‘oya tar- 
qaldi. Mamlakatda Injilning fransuzcha tarjimalari paydo 
bo‘ldi. Cherkovlarda ibodat ona tilida o‘qila boshlandi. Shu 
tariqa, vaqt o ‘tishi bilan Fransiya ikki dushman lagerga — 
katolik va protestantlar lageriga bo‘linib qoldi. Fransiyada 
protestantlikka e’tiqod qiluvchilar gugenotlar deb ataldi.
Diniy urushning yuz berishi. 
Katolik cherkovi protestant­
likning tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi. 1562-yilda 
qirolning qarindoshi, katoliklar rahnamosi gersog Fransua 
Giz o‘zining ko‘p sonli qo‘riqchilari bilan ibodat qilayotgan 
protestantlarga hujum qildi. Oqibatda 20 dan ortiq protestant 
o ‘ldirildi, 100 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Bu voqea 
Fransiyada 36 yil davom etgan Diniy urushning boshlanishiga 
turtki bo ‘ldi. Bu Diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat 
keltirdi. Mamlakatda yovuzlik
jaholat
kuchaydi.
Gugenotlarga juda katta talafot yetkazildi. Shunday bo‘lsa- 
da, ular qirolni yon berishga majbur qildilar. Urushning oldini 
olish uchun qirol Karl IX gugenotlar yetakchisi Genrix 
Burbonga o‘z singlisi Margaritani turmushga berishga qaror 
qildi. To‘y marosimi 1572-yilning avgustiga belgilandi. Biroq 
katolik mutaassiblari shu voqeadan foydalanib, gugenotlarning 
barcha rahbarlarini qirib tashlashni zimdan rejalashtirdilar.
1572-yil 24-avgust kechasi Parijda gugenotlar qirg‘ini 
uyushtirildi. Natijada 2 mingdan ortiq gugenot qurbon bo‘ldi. 
Bu voqea xristianlarning Avliyo Varfolomeyga bag‘ishlab 
o ‘tkaziladigan diniy bayrami kuni arafasida yuz berganligi 
sababli Fransiya tarixiga «Varfolomey tuni» nomi bilan kirdi. 
Shu voqealardan keyin Fransiyada protestantlik taqiqlandi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin