Jahon tarixi


Portugaliya mustamlakalari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Portugaliya mustamlakalari. 
1500-yili Portugaliya dengiz 
sayyohi Kabral Braziliyani kashf etdi va uni Portugaliya qi- 
rolining mulki, deb e’lon qildi. H ali urug‘chilik tuzum i
11


sharoitida yashayotgan mahalliy hindu xalqlari mamlakatning 
ichkari hududlariga quvib yuborildi. Braziliyani xo‘jalik uchun 
o ‘zlashtirish, asosan, Afrikadan keltirilgan qullar m ehnati 
hisobiga amalga oshirildi.
Mustamlakalar uchun kurash. 
Tez orada Yevropa davlatlari 
o‘rtasida mustamlakalar uchun kurash boshlandi. Bunga Ang- 
liyada manufaktura ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi sa- 
bab b o ‘ldi. Daromadi tobora ko‘payib borayotgan Angliya 
burjuaziyasiga endi yanada yirik korxonalar bunyod etish 
uchun katta miqdorda boylik zarur bo‘lib, bu boylik mustam- 
lakalardan olib kelinishi mumkin edi.
Qulay hududda joylashgan Angliya Buyuk geografik 
kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yodlaridagi eng muhim davlat
poytaxti London esa yirik port shahri b o ‘lib qoldi. M a­
nufaktura ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida Ang­
liya chetga katta miqdorda tovar chiqara boshladi va dengiz 
savdosida Ispaniyaning asosiy raqibiga aylandi.
Bu hoi Angliya — Ispaniya munosabatlarining keskinla- 
shuviga olib keldi. Buning ustiga, Ispaniya boshqa davlat sav- 
dogarlarining ispan mustamlakalari bilan savdo qilishini ta- 
qiqlab qo‘ydi. Bu taqiq oxir-oqibatda Angliya — Ispaniya o‘r- 
tasidagi urushga olib kelishi muqarrar edi. 1588-yilda ikki 
davlat harbiy-dengiz flotlari o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lib 
o‘tdi. Unda Ispaniyaning «Yengilmas 
armada»
deb nomlangan 
harbiy floti tor-m or etildi. «Yengilmas armada»ning halokati 
Ispaniyaning dengizdagi qudratiga putur yetkazdi. Shu davr- 
dan boshlab Angliya eng qudratli dengiz davlatiga aylana 
boshladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin